O'zbekiston U-22 Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
28 apr 2015 12:09
Yangiliklar

O'zbekiston U-22 Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi may oyi avvalida Qirg'iziston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'yinlarning har ikkisi O'zbekistonda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 5 may kuni, ikkinchisi esa ertasiga, 6 mayda o'tkazilishiga kelishib olingan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22ning Qatardagi Osiyo CHempionatiga yo'l olish masalasi saralash bosqichining "B" guruhidagi o'yinlar natijasiga bog'liq bo'lib turibdi. Qirg'iziston esa aynan shu guruhdan o'rin olgan. Ushbu guruh o'yinlari 16-24 may kunlari bo'lib o'tadi.

Fikrlar