So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  0 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

O'zbekiston (U-22) Iroqqa yutqazib qo'ydi Yangiliklar

O'zbekiston (U-22) Iroqqa yutqazib qo'ydi

Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida o'ng qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni Marvan Hussayin to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1. 39-daqiqada jarima maydoniga havolatib oshirib berilgan to'pni Mustafo Jari boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2.

63-daqiqada chap qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni Jamshid ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi - 1:2. SHu tariqa O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2-turda Iroqqa mag'lub bo'ldi.

Endi SHuhrat Maqsudov shogirdlari 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynashadi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


O'ZBEKISTON U-22 - IROQ U-22 - 1:2 (0:2)
2014 yil 14 yanvar. 18:00. Sib. "Seeb Sport Complex"
Hakamlar
: Mohd Amirul Izvan Bin Yoqub (Malayziya), Mohd Yusri Bin Muhammad (Malayziya), Karakami Satoshi (Yaponiya), Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)

GOLLAR:
Marvan Hussayin 9, - 0:1. Mustafo Jari 38, - 0:2. Jamshid Iskanderov 63, - 1:2.

O'ZBEKISTON U-22:
1.Akmal Tursunboev, 3.Sardor Rahmonov, 14.Bobur Yo'ldoshev, 13.Davron Hoshimov, 15.Javlon Mirabdullaev, 5.Akbar Ismatullaev (4.Dilshod Jo'raev, 46), 6.Abbos Maxstaliev (23.Sardor Rashidov, 55), 19.Diyor Turopov (17.Igor Sergeev, 76), 9.Sardor Mirzaev, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov.

IROQ U-22:
12.Jalol Hassan, 2.Ahmad Ibrohim, 3.Ali Bahjat, 4.Mustafo Jari, 8.Saif Salman, 9.Mahdi Kamil (7.Javod Xodim, 90+3),  14.Amjed Xalaf, 15.Durgam Ismoil, 16.Muhanad Karrar (22.Ali Qosim, 90), 18.Marvan Hussayin (5.Ali Fayoz, 72), 23.Volid Salim.

Nazoratchi:
CHeng Yim Yaau (Gonkong)
Komissar: Mazin Ramazon (Eron)


14 yanvar. 21:00
Xitoy - Saudiya Arabistoni

#   "D" guruhi O' YU D M T-N O
1 Iroq 2 2 0 0 5-2 6
2 O'zbekiston 2 1 0 1 3-3 3
3 Xitoy 1 0 0 1 1-2 0
4 Saudiya Arabistoni 1 0 0 1 1-3 0



Matnli translyaciya

 
O'YIN TUGADI. Iroq 2:1 hisobida g'alaba qozondi
90+3 daqiqa.
O'zgarish. Iroq. Mahdi Kamil o'rniga Javod Xodim tushdi
90+2 daqiqa.
Hujumchilarimiz raqib darvozaboniga nisbatan qo'pol o'ynashdi va hujum to'xtadi.
90+1 daqiqa.
O'zgarish. Iroq. Muhanad Karrar o'rniga Ali Qosim tushdi
90 daqiqa.
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi.
88 daqiqa.
Iroq oxirgi daqiqalarda asosan hujumda o'ynashmoqda...
85 daqiqa.
Xalaf oldinga o'tdi, Mirabdullaev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pini iroqliklar amalga oshirishdi, bu safar ham himoyachilarimiz havodagi jangni boy berishdi, natijada xavfli vaziyat tashkil etildi.
82 daqiqa.
Raqiblarimiz o'yin vaqtini cho'zishmoqda, ular hisobda oldindalar
81 daqiqa.
Iroqliklar hujumda qoida buzishdi
79 daqiqa.
Sardor Mirzaevning bu safargi zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.
77 daqiqa.
Amjed Xalaf raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va o'zi shikastlandi.
76 daqiqa.
O'zgarish. O'zbekiston. Diyorjon Turopov o'rniga Igor Sergeev maydonga tushdi.
75 daqiqa.
Endi iroqliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, Fayozning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Tursunboev qaytardi. Himoyachilarimiz Fayozni unutib qo'yishdi.
73 daqiqa.
Navbatdagi burchak to'pidan unumli foydalana olmadik.
72 daqiqa.
O'zgarish. Iroq. Marvan Hussayin o'rniga Ali Fayoz maydonga tushdi.
70 daqiqa.
Sardor Rashidov hujumda to'pni noaniq oshirdi.
66 daqiqa.
Jo'raev to'pni oldinga tashladi, Temurxo'jaga tezlik etishmadi.
64 daqiqa.
Burchak to'pini amalga oshirdik, to'pni iroqlik himoyachilar qaytarishdi.
63 daqiqa. CHap qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni Jamshid ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi - 1:2.
62 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOL. 1:2. JAMSHID ISKANDEROV!
61 daqiqa.
Yana bir hujum, o'ng qanotdan tashkil etilgan hujumdan so'ng Volid Salim darvozaga zarba berd, noaniq.
60 daqiqa.
Raqiblar qarshi hujumdan foydalana olishmadi.
56 daqiqa.
Diyorjon Turopov chamasi 25 metrlardan darvozaga aniq zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi.
55 daqiqa.
O'zgarish. O'zbekiston. Abbos Maxstaliev o'rniga Sardor Rashidov tushdi
54 daqiqa.
Dilshod Jo'raev raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
52 daqiqa.
Iroqliklar jarima to'pini amalga oshirishdi, himoyachilarimiz to'pni qaytardi.
50 daqiqa.
Ogohlantirish. Dilshod Jo'raev
49 daqiqa.
Ikkinchi bo'lim ancha kurashlarga boy tarzda boshlandi.
46 daqiqa.
O'zgarish. O'zbekiston. Akbar Ismatullaev o'rniga Dilshod Jo'raev maydonga tushdi.
46 daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:2. Tanaffus.
45+2 daqiqa.
Burchak to'pidan so'ng Sardor Rahmonov to'pga eta olmadi.
45 daqiqa.
Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.
45 daqiqa.
Xavfli vaziyat! Sardor Mirzaev uch nafar raqibni ortda qoldirib darvozaga aniq zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi.
43 daqiqa.
Birinchi bo'lim oxirida vakillarimiz hujum tashkil qilishga urinishmoqda, samarasiz.
42 daqiqa.
Davron Hoshimov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, noaniq.
39 daqiqa. Jarima maydoniga havolatib oshirib berilgan to'pni Mustafo Jari boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2.
38 daqiqa. GOL. 0:2. Mustafo Jari
35 daqiqa.
Abbos Maxstaliev chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoni markaziga to'pni etkazib berdi. Biroq bu to'pga zarba bera oladigan futbolchimiz topilmadi.
34 daqiqa.
Iroqning hujumi, to'p Hoshimovga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi. Tursunboev to'pni mushtlari bilan urib yubordi.
33 daqiqa.
Volid Salim chamasi 25 metrlardan noaniq zarba berdi.
32 daqiqa. Iskanderovning pasiga Turopov eta olmadi.
29 daqiqa. Amjed Xalaf darvozamizga zarba berdi, noaniq.
27 daqiqa. Vakillarimiz biroz ustunlikka erishishdi, biroq hozircha bironta hujumimiz aniq yakuniga etgani yo'q.
25 daqiqa. CHap qanotdan oldinga o'tdik, Turopov noaniq to'p uzatishni amalga oshirdi.
24 daqiqa. Sardor Mirzaev o'ng qanotdan oldinga o'tdi, biroq himoyachilar uni to'xtata olishdi.
21 daqiqa. Yana bir hujum, Sardor Mirzaev yaqin masofada to'pni darvozaga yo'llay olmadi.
20 daqiqa. Burchak to'pini vakillarimiz ijro etishdi, Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
18 daqiqa. Durgam Ismoil juda qulay imkoniyatni boy berdi, himoyachilarimiz uni bo'sh qoldirishdi.
16 daqiqa. Hisob ochilgach o'yin biroz tenglashdi, lekin iroqliklar xavfli hujumlar tashkil qilishmoqda.
14 daqiqa. Maydon markazida Turopov Muhanad Karrarni yiqitdi
12 daqiqa. Iroqning navbatdagi hujumi, bu safar Tursunboev to'pni qaytardi.
11 daqiqa. Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, to'pni darvozabon qaytardi.
10 daqiqa. O'ng qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni Marvan Hussayin to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.
9 daqiqa. GOL. 0:1. Marvan Hussayin

6 daqiqa. Iskanderovning ajoyib pasidan so'ng xavfli vaziyat sodir bo'lgandi, biroq hujumchilarimiz bu to'p uzatishni yo'qqa chiqarishdi.
4 daqiqa. Raqiblar hujum tashkil etishdi, himoyachilarimiz uni oldini olishdi.
2 daqiqa. Iroqlik Saif Salman shifokorlar yordamiga muhtoj bo'ldi. Unga yordam ko'rsatildi. O'yin davom etadi.
1 daqiqa. Uchrashuv tezkor tarzda boshlandi.
18:00. O'YIN BOSHLANDI.
17:55. O'zbekiston davlat madhiyasi.
17:54. Iroq davlat madhiyasi.
17:53. Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.





YANGILASH
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика