Valeriy Lobanovskiy xotira turniri. O'zbekiston Ozarbayjon bilan o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
27 may 2021 11:08
Yangiliklar
Valeriy Lobanovskiy xotira turniri. O'zbekiston Ozarbayjon bilan o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Bugun O'zbekiston U-21 terma jamoasi Ukrainada ananaviy Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniridagi o'z ishtirokini boshlaydi.
Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi mazkur terma jamoa vakillari kecha Kiev shahrida o'yin oldi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.
Yoshlarimiz bugun "Obolon-Arena" maydonida ozarbayjonlik tengdoshlariga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 19.00 da start oladi. Jamoamiz vakillari o'yin davomida oq rangli liboslarda harakat qiladi.
Malumot o'rnida, Ozarbayjonning shu yoshdagi terma jamoasi kecha Ukraina vakillariga qarshi to'p tepdi va kichik 1-0 hisobida g'alaba qozondi.
Fikrlar