AGMK O'zbekiston U-21 terma jamoasini mag'lub etdi

Xabaringiz bor, FIFA kunlari doirasida milliy chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffus tufayli O'zbekiston U-21 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Bugun Timur Kapadze shogirdlari Olmaliqning AGMK klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Murabbiylar har b iri 30 daqiqalik bo'lgan 4 taymda 2tadan tarkibni tekshiruvdan o'tkazib olishdi. "Jar" stadionida o'tkazilgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK umumiy hisobda g'alaba qozondi - 2:1.

O'zbekiston U-21 1:2 AGMK

"Jar" stadioni

Gollar: Husayin Norchaev - Dilshod Jo'raev, Murodjon Toshmatov

Fotogalereya. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-21 - AGMK  


Manba: championat.asia