So’nggi yangiliklar

13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3

O'zbekiston U-21 chempionati loyihasini qayta ko'rib chiqish bo'yicha fikr almashilmoqda Yangiliklar

O'zbekiston U-21 chempionati loyihasini qayta ko'rib chiqish bo'yicha fikr almashilmoqda

Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi OFK talablari asosida musobaqalar o'tkazish jarayonini bosqichma-bosqich takomillashtirib kelmoqda.

Jumladan, 2021 yilgi mavsumda U-18 chempionati ilk bor katta masshtabda o'tkazildi, shuningdek, U-16 hamda U-14 musobaqalari ham ortda qolayotgan yilda o'zgacha tarzda tashkil etildi.

2020 yilga qadar OFK licenziyalash jarayonidan faqatgina Superliga klublari o'tgan bo'lsa, 2021 yilga kelib Pro liga jamoalari ham OFK licenziyasi uchun potencial davogarga aylandi. O'zPFL bu orqali Superliga va Pro liga klublari oldiga qo'yilayotgan talablarni tenglashtirgan holda, Pro liga klublari saviyasini infratuzilma jihatidan Superligaga yaqinlashtirish yo'lidan bormoqda. 2022 yilga kelib esa Birinchi liga klublari ham mazkur jarayonda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin bo'ladi. Bu holat kelajakda Pro liga va Superliga klublari sonining oshishiga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda Superliga va Pro liga o'rtasidagi yagona farq U-21 jamoasining mavjud yoki mavjud emasligi bo'lib turibdi. O'zPFL 2022 yilgi mavsumdan boshlab mazkur masalaga ham alohida etibor qaratishni rejalashtirmoqda. Yani, endilikda Pro liga klublari qoshida ham U-21 jamoalarining tashkil etilishi bosqichiga o'tish – asosiy vazifa bo'ladi.

Malumki, futboli rivojlangan mamlakatlarning U-21, U-23 kabi chempionatlari asosiy tarkibnikidan alohida tarzda tashkil etiladi. O'zbekiston Professional futbol ligasi aynan shu masalada klublar bilan U-21 chempionatini alohida tashkil etish masalasini ko'rib chiqmoqda. Unga ko'ra, Superliganing barcha hamda Pro liganing davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan futbol klublari U-21 jamoasiga ega bo'lishi shart etib belgilanadi. Pro ligada ishtirok etayotgan xususiy klublar esa ixtiyoriy ravishda U-21 chempionatiga qo'shilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Mazkur holat bizga U-18 chempionati kabi ikki liga vakillarini umumiy jamlagan alohida musobaqa tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o'z navbatida o'zini ko'rsatish niyatida bo'lgan qator yosh futbolchilarga qo'shimcha o'rinlar tashkil qilish imkonini beradi.

Malumki, U-21 chempionatining asosiy tarkib jamoalaridan bir kun avval yoki bir kun keyin maydonga tushishi, o'rinbosarlar ligasiga bo'lgan etiborga o'z tasirini ko'rsatib kelmoqda. Yani, barchaning diqqat etibori baribir asosiy tarkib jamoasida bo'ladi. Hatto bosh murabbiylar ham U-21 chempionatini kuzatish fonida o'z jamoasining o'yinoldi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan bo'ladi. U-21 chempionatining alohida va umumiy tashkil etilishi esa mazkur yosh toifasidagi jamoalarga bo'lgan etiborni tubdan o'zgartirish imkonini beradi.

O'zPFL ayni paytda bu borada futbol klublari bilan maslahatlashuv olib borib, ularning fikrlarini o'rganmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика