So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi Yangiliklar

O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi yangi yildagi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi rejaga ko'ra, Istanbul shahridagi yig'in davomida bir qator terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Jumladan, Haydarov shogirdlari 22 yanvar kuni Ukraina U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. 31 yanvargacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasi shuningdek bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Yig'indagi raqiblar va o'yin sanalari to'g'risida keyinroq malumot beriladi.

Takidlash lozim, mazkur yig'in Haydarov jamoasi uchun shu yilning 30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan ilk yig'in hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zekiston yoshlar terma jamoasi o'tgan yili Myanmada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida kuchli to'rtlikka kirgan va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasining Turkiyadagi yig'iniga jo'nab ketgan tarkibi:

Darvozabonlar:
Dilshod Hamroev (Qizilqum)
Botirali Ergashev (Paxtakor)

Himoyachilar:
Akrom Komilov (Bunyodkor)
Odil Hamrobekov (Nasaf)
Doston Tursunov (Neftchi)
Ibrohim Abdullaev (Paxtakor)
Nodir Yo'ldoshev (Paxtakor)
Najmiddin Normurodov (Nasaf)
Rustam Ashurmatov (Qo'qon-1912)

Yarim Himoyachilar:
Javohir Sohibov (Paxtakor)
Otabek SHukurov (Mashal)
Mirjamol Qosimov (Bunyodkor)
Xurshid G'iyosov (Bunyodkor)
Javohir Siddiqov (Paxtakor)
Sardor Azimov (Bunyodkor)
Temur Tolipov (Paxtakor)
Jamshid Hoshimov (SHo'rtan)
Alisher Mirzaev (Paxtakor)

Hujumchi:
Doston Hamdamov (Bunyodkor)
Zabihillo O'rinboev (Bunyodkor)
Eldor SHomurodov (Mashal)
Asliddin Abdiev (Mashal)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика