So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  7 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Ozarbayjon yoshlarini mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Ozarbayjon yoshlarini mag'lub etdi

Turkiyaning Istanbul shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi kecha Ozarbayjon U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ayni kunlarda Turkiyada yangi yildagi ilk yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi kecha Ozarbayjon yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv Ravshan Haydarov shogirdlarining ustunligida va terma jamoa O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining gollariga Javohir Siddiqov, Eldor SHomurodov va Doston Hamdamovlar mualliflik qilishdi.

Ravshan Haydarov jamoasi bungacha yig'in davomida 22 yanvar kuni Ukraina U-21 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynagan edi.

Malumot uchun, 31 yanvargacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasi Ukraina yoshlariga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Rejaga ko'ra ushbu terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yini 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi shuningdek, 25 yanvar kuni Singapur U-20 yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasining Turkiyadagi yig'iniga jami 22 nafar futbolchi jalb etilgan.

O'rtoqlik uchrashuvi.
24 yanvar. Istanbul, Turkiya.
O'zbekiston U-20 - Ozarbayjon U-20 3:1
Gollar:
Javohir Siddiqov, Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика