O'zbekiston U-20 terma jamoasi noyabrda janubiy koreyaliklarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi
10 okt 2022 15:28
Yangiliklar


O'zbekiston U-20 terma jamoasi noyabrda janubiy koreyaliklarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi
Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi noyabr oyida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in doirasida 5-8-noyabr kunlari Koreya U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Har ikki bahs Toshkentda bo'lib o'tadi.
U-20. Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
5 noyabr
O'zbekiston U-20 – Koreya Respublikasi U-20
8 noyabr
O'zbekiston U-20 – Koreya Respublikasi U-20
Avvalroq O'zbekiston mezbonligidagi U-20 Osiyo Kubogiga oktyabr oyi oxirida qura tashlanishi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar