So’nggi yangiliklar

01:08"Ман Сити" Англия кубоги чорак финалида "Борнмут" билан ўйнайди, "Астон Вилла" эса "Престон" билан  0 00:51"Тоттенхем" Вернер бўйича қарор қабул қилди  0 00:22АПЛ. МЮ "Олд Траффорд"да "Фулхэм"га пенальтилар сериясида мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  21 23:52А Серия. "Рома" иродали ғалабага эришди. Шомуродов танаффусда захирага олинди, унинг ўрнига тушган Довбик эса ғалаба голини урди  68 23:46"Милан" — "Лацио". Таркиблар маълум  1 23:22"Манчестер Сити" Де Брюйнега шарт қўйди  3 22:58Сансет Ла Лигада февраль ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун Мбаппе, Антони, Педри ва Будимирдан ўзиб кетди  2 22:35"Барселона" 2025 йилда ҳали мағлуб бўлгани йўқ: 12 ғалаба, 3 дуранг  17 22:09Ла Лига. "Барса" ўз уйида "Реал Сосьедад"ни тор-мор этди, меҳмонлар 17-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  99 21:53Ла Лигадаги посбон "Арсенал"га йўл олиши мумкин  0 21:30"Ювентус" Антонини МЮдан сотиб олиши учун икки шарт маълум бўлди  0 20:08Роналду "Ал Насср"нинг Теҳронда бўлиб ўтадиган "Истиқлол"га қарши ўйин учун қайдномасига киритилмади. Нега?  21 19:37ҚПЛ. "Турон" — "Окжетпес" ўйинида гол+пас қайд этган Шаҳбоз Умаров ўйиннинг энг яхши футболчиси деб топилди   3 18:57​Федерико Вальверде "Атлетико"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  1 18:17Қозоғистон. Умаровнинг гол+ассисти "Турон"га биринчи турда ғалаба тақдим этди  6

O'zbekiston U-20 terma jamoasi darvozaboni - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, Maskerano bilan uchrashuv va "Metallurg"dagi taqdiri haqida Yangiliklar

O'zbekiston U-20 terma jamoasi darvozaboni - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, Maskerano bilan uchrashuv va "Metallurg"dagi taqdiri haqida

Mart oyida yurtimiz yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo kubogiga startiga ham oz qoldi.

Ravshan Haydarov shogirdlari 2022 yil davomida bir qator xalqaro turnirlar, kuchli va nomdor terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi. Har oy davomida yig'inlar orqali shakllanib borishdi. Terma jamoa darvozaboni Humoyunshoh Sayyotov Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonlari va "Metallurg"dagi taqdiri haqida fikrlarini bildirdi. 


- Argentina, Slovakiya, Urugvay bilan uchrashuvlar orqali terma jamoamiz tayyorgarlik olib bordi. Oldinda so'nggi yig'in kutib turibdi. Ushbu jarayon haqida fikringiz qanday?

- Terma jamoa bilan U-20 Osiyo kubogiga yuqori darajada tayyorgarlik olib bormoqdamiz. O'FA tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar alo. Futbolchilar mamnun. O'rtoqlik uchrashuvlariga kelsak, Jahon chempionati qatnashchilari Argentina, Braziliya, Urugvay va Slovakiya bilan o'yinlarda munosib to'p tepdik, deya olaman. Ulardan kam joyimiz yo'qligini sezdik. Yutqazgan bo'lsakda tengma-teng kurashdik. Faqatgina tezlik hisobiga mag'lubiyatga uchradik. Albatta katta tajriba olganimiz muhim narsadir. Argentina bosh murabbiyi Xaver Maskerano Ravshan Akmalovichni oldilariga kelib: "CHiroyli va xarakterga boy futbol ko'rsatdinglar, qoyil qoldik, rahmat",- deb aytdi. 

- Osiyo chempionatida asosiy maqsad nima bo'ladi? Jahon chempionatiga yo'llanma olish yoki bosh sovrin?

- Mart oyigacha murabbiylar shtabi tuzgan reja asosida etib kelsak, yuz foiz tayyormiz, deb ayta olaman. Maqsadimiz chempion bo'lish va Jahon chempionatida kuchli sakkiztalikka kirish. Bunga kuchimiz ham ko'zimiz ham etadi. 

- Guruhdagi raqiblar orasida eng xavflisi qaysi biri?

- U-20 Osiyo kubogida oson yoki engil raqib, degan narsa bo'lmaydi. CHunki qitaning eng kuchli 16ta jamoasi qatnashadi. Asosiysi o'zimizga ishonch bilan har bir o'yinni o'z foydamizga hal qilishimiz kerak. 

- "Metallurg"dagi faoliyatingiz qanday ketyapti? Yangi yilga rejalar qanday?

- Hozirgi kunda klubda terma jamoa azolaridan men, SHahzod Nematjonov, Alisher va Ravshan Xayrullaevlarga imkoniyat berilmayotgani, hattoki asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb qilinmayotgani albatta xayron qoldirmoqda. Bu kelgusi faoliyatimga o'sishim uchun to'sqinlik qilishi sababli klub rahbariyati bilan shartnomamni bekor qilish arafasida turibmiz. Bir nechta jamoalardan takliflar bor. Muzokaralar ketmoqda. 

- Jamoaning o'tgan yil boshidagi Turkiyadagi yig'inida qatnashgan edingiz...

- O'shanda qishki yig'in samarali o'tgandi. Asosiy jamoa bilan yig'inda to'liq qatnashdim. Bosh murabbiy Polsha klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida bir taym imkoniyat ham bergandi. Darvozamdan gol o'tkazmadim. Jamoa o'yinda g'alaba qozondi. Toshkentga kelganimizdan so'ng hamma narsa birdaniga o'zgarib ketdi. Meni o'rinbosarlarga jo'natishdi. Sababini bilolmadim

- Balki Osiyo chempionati ko'p yoshlarga o'zini ko'rsatishi va klubida o'ynash imkonini berar?

- U-20 Osiyo kubogi yosh futbolchilarga Evropaga yo'l olishi uchun imkoniyat, deya olaman. Ammo birinchi o'rinda ona yurtimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun to'p tepamiz. Har bir o'yinga final kabi munosabatda bo'lamiz, jonimizni beramiz. 

Abdulaziz yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика