So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  6 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

U-20 Osiyo kubogi saralashi. O'zbekiston U-20 - Nepal U-20 - 6:0 Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi saralashi. O'zbekiston U-20 - Nepal U-20 - 6:0

U-20 Osiyo kubogi saralashi doirasidagi O'zbekiston U-20 - Nepal U-20 uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Nepal himoyachisi Sabin Gimire darvozasiga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytargani uchun maydondan chetlatildi. Nepal 10 kishi bo'lib qoldi. Belgilangan penaltini Muhammadali O'rinboev amalga oshirdi, uning tepgan to'pini darvozabon qaytardi va hisob ochilmay qoldi.

23-daqiqada Mirzaevning burchakdan uzatgan to'pini Saidumarxon Saidnurullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. GOLNI KO'RISH

27-daqiqada O'rinboevning havolatib oshirgan to'pini yana Saidnurullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0. GOLNI KO'RISH

29-daqiqada Saidunurullaevning to'p uzatishidan keyin Nurlan Ibraimov hisobni yiriklashtirdi - 3:0. GOLNI KO'RISH

67-daqiqada Hamidovning to'p uzatishidan keyin Lazizbek Mirzaev chiroyli gol urdi - 4:0. GOLNI KO'RISH

87-daqiqada burchakdan Mirzaev uzatgan to'pni Rejabaliev darvozaga yo'lladi - 5:0. GOLNI KO'RISH

90-daqiqada chap qanotdan Hamidov oshirgan to'pni zaxiradan maydonga tushgan Abdug'afur Haydarov darvozaga yo'lladi - 6:0. GOLNI KO'RISH

O'yinda O'zbekiston 6:0 hisobida g'alaba qozondi. Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoa dastlabki o'yinda Kambodjani 7:0 hisobida taslim qilgan edi. Endi O'zbekiston 27 sentyabr kuni Xitoy Taypeiga qarshi maydonga tushadi.



O'zbekiston U-20 - Nepal U-20 - 6:0  

Hakamlar:
Songkran Bunmikiart (Tailand), Apichit Nopuan (Tailand), Nguen Trung Xau (Vetnam), Li Ti Li (Vetnam).
Komissar: Si Tu Vin (Myanma)
Nazoratchi: Vidiya Xabiba SHamsuri (Malayziya).

Gol: Saidumarxon Saidnurullaev 23, - 1:0 (Mirzaev pas). Saidumarxon Saidnurullaev 27, - 2:0 (O'rinboev pas). Nurlan Ibraimov 29, - 3:0 (Saidunurullaev pas). Lazizbek Mirzaev 67, - 4:0 (Hamidov pas). Meyirbek Rejabaliev 87, - 5:0 (Mirzaev pas). Abdug'afur Haydarov 90, - 6:0 (Hamidov pas).

Golga aylanmagan penalti: Muhammadali O'rinboev 20 (darvozabon).

O'zbekiston U-20: 21.Samandar Muratbaev (1.Husniddin Nematov, 60), 2.Saidxon Hamidov, 3.Meyirbek Rejabaliev, 4.G'iyosjon Rizaqulov, 8.Amirbek Saidov (23.Abdug'afur Haydarov, 72), 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 10.Muhammadali O'rinboev (13.Behruz Jumatov, 60), 14.Nurlan Ibraimov (7.Daler Tuxsanov, 72), 15.Asilbek Jumaev (11.Murodjon Komilov, 60), 16.Muhammadali Reimov, 22.Lazizbek Mirzaev.
Zaxira: 5.Azizbek To'lqinbekov, 6.Ravshan Xayrullaev, 12.Muhammadyusuf Sobirov, 17.Ollobergan Karimov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 19.Rustambek Fomin, 20.Dilshod Abdullaev,

Nepal U-20: 1.Jiyarat SHex, 2.Ram Tapa, 3.Sabin Gimire, 4.Semanta Tapa, 6.Asvin Gorasainee, 7.Samir Tamang, 8.Kushal Deuba, 10.Nirajan Dami, 11.Niraj Karki, 14.Prashant Laksam, 19.Lachu Tapa.
Zaxira: 16.Krishal Moktan, 23.Amit Tamatta, 5.Bikram Tamang, 9.Nyima Vangel Tamang, 12.Ayush Timsina, 13.Anil Bomjan, 15.Dan Sing, 17.Abinash Syangtan, 18.Saroj Darlami, 20.Dipak Tapa Magar, 21.Darbendra Kunvar, 22.Nirmal Bal.

CHetlatish: Sabin Gimire 20,


O'YINNI TO'LIQ TOMOSHA QILISH

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика