O'zbekiston U-20 nazorat bellashuvida "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi
26 mar 2022 21:46
Yangiliklar


O'zbekiston U-20 nazorat bellashuvida "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi
Birinchi bo'limda “Metallurg” murabbiylari shtabi asosiy tarkibda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarni maydonga tushirishdi. Bu taym “Metallurg” jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Standart vaziyatda – burchakdan to'p uzatilganda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi SHerzod Esonov o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi.
Ikkinchi taymda Luisma Ernandes tarkibni to'liq almashtirdi va maydonga "Metallurg U-21" o'yinchilari tushirildi. Natijada tashabbus Ravshan Haydarov shogirdlari tomoniga o'tdi va Rustam Turdimurodov va SHahriyor Jabborov tomonidan kiritilgan to'plar evaziga O'zbekiston U-20 jamoasi zafar quchdi.
Nazorat uchrashuvi
"Metallurg" – O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1:2
Bekobod. 26 mart. “Metallurg” markaziy stadioni.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov
Gollar: SHerzod Esonov (avtogol) – Rustam Turdimurodov, SHahriyor Jabborov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar