So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Ravshan Haydarov: "Bu yoshdagi terma jamoa uchun FIFA kunlarining o'zi kamlik qiladi" Yangiliklar

O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Ravshan Haydarov: "Bu yoshdagi terma jamoa uchun FIFA kunlarining o'zi kamlik qiladi"

Ayni kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Vakillarimiz mazkur uchrashuvga qizg'in ravishda tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi mashg'ulotlar "Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov bo'lajak uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o'tdi va tarkibga jalb qilingan futbolchilar haqida ham to'xtaldi. 


O'zbekiston U-20 terma jamoasining 2 noyabr kuni boshlanadigan yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati malum


— Mazkur yig'in ancha avval rejalashtirilgan edi. Janubiy Koreya tomoni bilan shu vaqtga kelishgandik. Yani Superliganing avvalgi taqvimida oraliqda biroz bo'sh vaqt yuzaga kelgandi. Afsuski, hozirda taqvim o'zgardi. Tur uchrashuvlari borligi uchun hamma futbolchi ham qatnasha olmaydi. Asosiy tarkib futbolchilariga tegmaganmiz. Abbos Fayzullaev, Umarali Rahmonaliev, Jahongir O'rozov, Mahmud Mahammadjonov, Zafarmurod Abdirahmatov va hokazo. Legionerlarimizdan Abduqodir Husanov bunday paytda kela olmaydi. Lekin bu qolgan futbolchilar uchun yaxshi imkoniyat. Oldindagi 2ta o'yinda o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishadi. Tayyorgarligimiz yaxshi ketyapti. Ertaga Janubiy Koreya bilan birinchi o'yin. Hammaga imkoniyat beramiz. 

— Legionerlarga kelsak, ha Germaniyada o'ynayotgan Vladimir Kimni taklif qildik. O'zimizni tarbiyalanuvchimiz. 3-4 yildan beri Germaniyada. Uni kuzatib kelayotgandik. Nimalarga qodirligini o'yinlarda ko'ramiz. SHundan so'ng xulosa chiqaramiz. 


— Birinchi yig'inga kirishgan paytimizda bu yoshdagi futbolchilar o'z jamoasining o'rinbosarlar tarkibida to'p tepardi. SHu bois terma jamoaga chaqirishda ortiqcha muammo yo'q edi. Keyinchalik Zafarmurod Abdirahmatov, Jahongir O'rozov asosiy tarkibda o'ynab ketishni boshladi. Behruz Asqarov, SHahriyor Jabborov ham sekin-asta "Paxtakor" asosiy o'yinchisi sifatida ko'rilmoqda. Bu yoshlar bilan har oy yig'ilishimiz, ishlab turishimiz kerak. Tajribali, tom manodagi professional va nomdor futbolchilar uchun FIFA kunlarining o'zi etarli bo'lishi mumkin. Lekin U-20 terma jamoasiga faqat FIFA kunlaridagi yig'inlar kamlik qiladi. Men shu tarafdoriman. Albatta klublar bilan kelishgan holda rejalashtirishga harakat qilyapmiz. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика