O'zbekiston U-20 terma jamoasining 2 noyabr kuni boshlanadigan yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 12:58
O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in doirasida 5-8 noyabr kunlari Koreya Respublikasi U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Har ikki bahs Toshkentda bo'lib o'tadi.


5 noyabr 

O'zbekiston U-20 - Koreya Respublikasi U-20


8 noyabr

O'zbekiston U-20 - Koreya Respublikasi U-20


Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar - Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Humoyunshox Sayyotov ("Metallurg"), Asrorbek Kenjaev ("Chig'atoy")

Himoyachilar - Diyor Ortiqboev ("Paxtakor"), Izzatillo Pulatov (""Turon"), Mirkomil Abdurazzoqov ("Metallurg"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Sunnatilla Poyonov ("Paxtakor"), Javohir O'tamurodov ("Nasaf"), Shohruh Muxsinov ("Bunyodkor"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar - Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Sherzod Esanov ("Andijon"), Kim Vladimir ("Astoriya Uoldorf", Germaniya), Shahzod Rahmatullaev ("Olimpik"), Aziz Xolmurodov ("Olimpik"), Shahzod Nematjonov ("Metallurg"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Xislat Xalilov ("So'g'diyona"), Shahzod Akramov ("Nasaf")

Hujumchilar - Shahriyor Jabborov ("Paxtakor"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Olimpik"), Asad Jo'raboev ("Navbahor")

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати