So’nggi yangiliklar

23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  0 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 23:14ПСЖ — "Атлетико". Таркиблар маълум  4 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  23 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  172 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  29 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  39 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  2 17:57Украиналик футболчи ПСЖ билан келишувга эришди  3

O'zbekiston U-19 - Tojikiston U-19 - 2:1 yoxud yoshlarimizdan irodali g'alaba Yangiliklar

O'zbekiston U-19 - Tojikiston U-19 - 2:1 yoxud yoshlarimizdan irodali g'alaba

Bahrayndagi U-19 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston va Tojikiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston U-19 - Tojikiston U-19 - 2:1
Manama. "Xalifa Sports Siti" stadioni.
Hakamlar:
Nivon Robesh Gamini, Udayakanta (ikkisi SHri Lanka), Jeffri Gox, Muhammad Taqi (ikkisi Singapur)
Komissar: Jasvar Umaru (SHri Lanka)
Gollar: Karomatullo Saidov 19, - 0:1. Saidjamol Davlatjonov 67, - 1:1.Jasur Yaxshiboev 72, - 2:1.
O'zbekiston U-19 - 12.Umidjon Ergashev, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Islom Qobilov, 5.Xushnud Avilov, 6.Aziz G'aniev, 7.Sanjar Qodirqulov (8.Saidjamol Davlatjonov, 46), 9.Jasur Yaxshiboev, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 22.Begzod G'anijonov (11.Bobir Abdixoliqov, 46), 23.Nurillo To'xtasinov (16.Jamshid Yusupov, 46).
Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 2.Azizbek Suyunov, 10.Suhrob Nurulloev, 13.Javohir Esonqulov, 18.SHoxrux Mahmudxojiev, 21.SHoxruxjon Raimov.
 
Tojikiston U-19 - 23.Behruz Hayriev, 3.Tabrizi Davlatmir, 5.Dorobjon Ergashev, 7.Karomatullo Saidov, 9.Hasan Muhammadjoni (18.Daler Yodgorov, 74), 10.Muhsinjon Parpiev, 11.Nuriddin Hamroqulov, 14.Vahdat Xanonov, 15.Zoir Jo'raboev, 17.Panshanbe Ehsoni (8.Xojiboy Ziyoev, 75), 19.Azimchon Rahmonov.
Zaxira: 1.SHahrom Ismoilov, 2.Huseyin Nurmatov, 4.Xotam Davlatbekov, 6.Xotam Alisheri, 13.Fatxullo Boboev, 20.Ziyovddin Fuzaylov, 21.SHeriddin Boboev, 22.Otabek karimov.

Ogohlantirishlar: Karomatullo Saidov 20, SHarof Muhitdinov 27, Vahdat Xanonov 90+2.



                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                          YANGILASH

90+4. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston yoshlari Osiyo chempionatini irodali g'alaba bilan boshladi. G'alaba muborak!

90+2. Ogohlantirish. Tojikiston.
Vahdat Xanonov

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi

89.
Raqiblarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi, hujumchilarning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

88.
To'pni vakillarimiz nazorat qilishmoqda

84.
Uchrashuv tugab bormoqda.

80. ZARBA! Muhitdinov jarima to'pini amalga oshirdi, Abdixoliqov boshi bilan zarba bera olmadi, darvozabon to'pni qaytarib yubordi

79.
Yaxshiboevni raqiblar qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi

77. Xavfli vaziyat.
CHap qanotdan Xushnud Avilov jarima maydoniga kirib bordi va o'tkir burchakdan zarba berdi, noaniq. U markazdagi sheriklariga to'p uzatsa yaxshiroq bo'lardi

72. O'ng qanotda to'pni egallab olgan Yaxshiboev jarima maydoniga yorib kirdi va chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi - 2:1.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Yaxshiboev! 2:1.

71. ZARBAAAAAAAAAAA! Davlatjonovning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

68. Xavfli vaziyat!
Bobir Abdixoliqov jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

67. CHap qanotda jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan Davlatjonov o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 1:1.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Saidjamol Davlatjonov! 1:1

63. ZARBA! Alijonovning pasidan so'ng Bobir Abdixoliqov zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi

59.
Vakillarimiz katta kuch bilan hujumda...Alijonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvozabonga nasib qildi

54. ZARBA! Jamshid Yusupovning zarbasi noaniq ketdi

53.
Tojikiston yoshlari butun jamoa bilan himoyalanib qarshi hujumga o'tishga urinmoqda. Ularning bunga to'la haqqi bor, chunki gol urishdi

49. ZARBA! Yaxshiboevning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi!

48.
Bosh murabbiyi ikkinchi bo'lim oldidan bir yo'la uch nafar futbolchini almashtirdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. O'zgarishlar. O'zbekiston.
Begzod G'anijonov o'rniga Bobir Abdixoliqov, Nurillo To'xtasinov o'rniga Jamshid Yusupov, Sanjar Qodirqulov o'rniga Saidjamol Davlatjonov tushdi

45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:1

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi

41.
Jasur Abduraimov tanaffusda shogirlari bilan yaxshilab gaplashib olmasa bo'lmaydi

39.
Tojikistonliklar hisobni saqlab qolishga bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda

35.
Vakillarimiz hozircha golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi

31.
Tojikistonliklar qarshi hujumga o'tib ketishayotganida Rustamov qoida buzdi

30. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Oybek Rustamov

29.
O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda.

27. Ogohlantirish. O'zbekiston.
SHarof Muhitdinov

25.
Vakillarimiz jarima to'pi ishlab olishdi. Aziz G'anievning zarbasi jonli devorga tegdi.

22.
Tojikistonliklar jarima to'piga ega bo'lishdi. Panshanbe Ehsonining zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

20. Ogohlantirish. Tojikiston.
Karomatullo Saidov.

20. GOL! Karomatullo Saidov 15 metrlardan boshi bilan Umidjon Ergashev qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

16.
Vakillarimiz to'pni nazorat qilishmoqda

14. ZARBA! Nurillo To'xtasinov chap oyoqda darvozaga zarba berdi, to'pni posbon ushlab oldi.

13.
Tojikistonlik futbolchilar to'pni o'zlarida uzoq vaqt saqlab turishdi va jarima maydoniga uzatildi, hujumchi to'pga eta olmadi.

10. ZARBA! Aziz G'anievning zarbasi jonli devorga tegi maydonni tark etdi


9.
Jasur Yaxshiboev qo'pollik bilan yiqitildi, vakillarimiz jarima to'pi tepishadi.

7. ZARBA! Darvoza ustuni! Tojikiston darvozasiga berilgan zarba ustunga tegib qaytdi!

5.
O'ng qanotdan Muhitdinov jarima maydoniga kirib borishga urindi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

3.
Dastlabki daqiqalarda tashabbus vakilarimizda.

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Navbat Tojikiston davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda.

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.



Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика