O'zbekiston U-19 terma jamoasi Armaniston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
20 apr 2015 12:03
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 terma jamoasi Armaniston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib oldi.
O'zbekiston U-19 terma jamoasi Armanistonga 25 aprel kuni etib boradi. 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 17:00da O'zbekiston U19 - Armaniston U19 o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ikkinchi uchrashuv esa 28 aprel, 17:00da o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar