O'zbekiston U-19 terma jamoasi poytaxtda yig'in boshladi
15 jan 2020 11:57
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 terma jamoasi poytaxtda yig'in boshladi
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
14 yanvardan terma jamoamiz navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Havo harorati ancha sovuq bo'lishiga qaramay, mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki va qaynoq ruhda o'tdi.
Takidlash joiz, oldin xabar berganimizdek ushbu yig'in 2 qismdan iborat bo'ladi: Birinchi yig'in 14-18 yanvar, ikkinchi yig'in esa 21-25 yanvar kunlari tashkil etiladi. Yig'in doirasida qator nazorat uchrashuvlari ham o'tkaziladi. 16 yanvarda Temur Kapadze shogirdlari “Bunyodkor” yoshlari bilan bahs olib borishadi, 18 yanvarda esa AGMK bilan o'yin o'tkaziladi. 23 yanvar kuni “Lokomotiv” yoshlari bilan kuch sinashilsa, 25 yanvarda “Paxtakor” bilan maydonga tushiladi.
Mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:






O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar