O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Lokomotiv” yoshlari bilan bahs olib bordi
23 jan 2020 23:38
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Lokomotiv” yoshlari bilan bahs olib bordi
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Bugun terma jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Bu gal “Lokomotiv” yoshlari bilan kuch sinashildi. Qiziqarli tarzda kechgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
O'zbekiston U-19 – “Lokomotiv” yoshlari 1:1
O'zbekiston U-19 (Birinchi bo'lim): SHukron Yo'ldoshev, Yaxyoxon Marufxo'jaev, Elnur Turg'unov, Oybek Jo'raev, Doston Tursunov, Davron Anvarov, Farrux Muxtorov, Sardor Etovqo'ziev, Boburshox Sobirov, Azizbek Zokirov, Ruslanbek Jiyanov.
Ikkinchi bo'lim: Mo'minmirzo Qodirov, Ibragim Roziev, Begzod SHamsiev, Xurshid Ubaydullaev, Jalol Sodiqov, Humoyun SHerbo'taev, Davron Anvarov, Javohir Husanov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar