O'zbekiston U-19 termasi ustozi Farhod Nishonov: "Urugvay birinchi o'yinda yutqazib qo'ygani bois bor kuchini biz bilan o'yinga qaratishini bilardik"
26 avg 2022 20:52
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 termasi ustozi Farhod Nishonov: "Urugvay birinchi o'yinda yutqazib qo'ygani bois bor kuchini biz bilan o'yinga qaratishini bilardik"
Yaponiyada bo'lib o'tayotgan "SBS Cup" turniri doirasidagi O'zbekiston – Urugvay (1:0) uchrashuvidan keyin vakillarimiz bosh murabbiyi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, o'yin juda qiyin o'tdi. Biz buni kutgandik, chunki Urugvay terma jamoasi birinchi o'yinda yutqazib qo'ygani bois bor kuchini ikkinchi o'yinga qaratishini bilardik.
O'yinning boshida raqib kuchli bosim o'tkazishga harakat qildi. Birinchi vazifamiz anu shu bosimga turib berish edi va futbolchilar buni uddalashdi. Keyin esa o'yin o'z joyiga tushdi.
G'alaba qozonganimizdan hursandmiz, yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Ular o'z harakterlarini ko'rsata olishdi va vatan uchun o'ynashdi. Endi bor etiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. Maqsadimiz – faqat g'alaba!", – dedi Nishonov.
“SBS Cup” (U-19). O'zbekiston Urugvayni mag'lubiyatga uchratdi
Fikrlar