O'zbekiston U-19 Singapurga boradi
10 iyu 2016 12:05
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 Singapurga boradi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi keyingi hafta Singapur mamlakatiga uchib ketadi.
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13 iyul kuni Toshkentda yig'inni boshlaydi va uch kunlik yig'indan so'ng xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Singapurga boradi.
Ushbu musobaqada Eron, Xitoy, Singapur va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari ishtirok etishadi.
Yarim final bosqichiga qura tashlanib bo'ldi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron bilan, Xitoy esa Singapur bilan o'ynaydi. G'olib jamoalar finalda, mag'lublar 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Malumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar