So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  10 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi tiklanish mashqlarini olib bordi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi tiklanish mashqlarini olib bordi

Futbol bo'yicha O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda.

Terma jamoa azolari tiklanish mashqlarini bajarishdi. Xitoyga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar engil mashg'ulot olib borishgan bo'lsa, qolgan futbolchilar odatiy ravishda mashqlarda qatnashishdi.

Takidlash kerakki, o'zbekistonlik futbolchi qizlar ilk o'yinda musobaqa mezboni Xitoy terma jamoasiga engilishgan bo'lsa-da, ular namoyish etgan o'yin ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirdi. Bu holatni kecha terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan suhbatlashish uchun delegaciya azolari istiqomat qilayotgan olimpiya shaharchasiga tashrif buyurgan Osiyo Futbol Konfederaciyasi vakillari ham etirof etishdi.

OFk vakillari Bahrom Norsafarov bilan suhbatda qanday qilib qisqa muddat ichida O'zbekistonda ayollar futbolining saviyasi bu qadar oshgani, terma jamoa futbolchilarini muhim musobaqalarga ruhiy, jismoniy va taktik jihatdan tayyorlashda qanday chora-tadbirlar qo'llangani bilan qiziqishdi. O'z o'rnida, bosh murabbiy OFK rasmiylariga o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi hamda ayollar futbolini rivojlantirish borasida O'FF tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida so'zlab berdi.

OFK vakillari O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bilan bir yarim soatdan ortiq davom etgan suhbat davomida tilga olingan muhim malumotlar mintaqamizda ayollar futbolini rivojlantirishda muhim omillardan biri bo'lishini takidlab o'tishdi.

O'zbekiston U-19 ayollar termasi bugun,  SHimoliy Koreyaga qarshi o'yin oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazadi. O'yin 18 oktyabr, chorshanba  kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика