O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi OCH saralashida guruhda 1-o'rinni egalladi
29 okt 2018 10:53
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi OCH saralashida guruhda 1-o'rinni egalladi
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib, guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Karima Yo'ldosheva shogirdlari Guam, Maldiv orollari, BAA va Qirg'iziston terma jamoalari bilan bir guruhda bahs olib bordi.
Guam terma jamoasi 8:0, Maldiv orollari 20:0, BAA va Qirg'iziston terma jamoalari esa bir xil 3:1 hisobida taslim etildi. Natijada futbolchi qizlarimiz Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ikkinchi bosqich saralash bahslari kelasi yil bahorda bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar