O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag'lub bo'ldi
02 may 2017 23:38
Yangiliklar
O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag'lub bo'ldi
Bugun, 2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'zbekiston yoshlar termasidan gollarga Xudoyorxon Sadullaev va Georgiy Ahmedov mualliflik qildi. Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 4 may kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o'tkaziladi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
2 may, seshanba
Gruziya U-18 – O'zbekiston U-18 – 4:2
Gollar: Akaki Kimeridze (4, 45), Beka Kavtaradze (15), Mixail Ergemlidze (54) – Xudoyorxon Sadullaev (45), Georgiy Ahmedov (69)
Ogohlantirishlar: Mixail Ergemlidze (54), Jaba Kasrelishvili (59), Tamaz Babunadze (90) – Abdulaziz Yoqubov (3), Ibrohim Yo'ldoshev (33)
CHetlatishlar: Mixail Ergemlidze (87), Tamaz Babunadze (90) – Ibrohim Yo'ldoshev (39)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar