O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
18 mar 2019 15:35
Yangiliklar


O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
Bugun O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentdagi "CHig'atoy" sport majmuasida yig'in boshladi.
Yig'in davomida Otabek G'ulomxo'jaev terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib oladi. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Jumladan, O'zbekiston U-18 terma jamoasi yig'in doirasida "Lokomotiv" U-21, "Bunyodkor" klubi, shuningdek, Pro-liga vakillari "Yangier" va "Rubin"ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazishi belgilab qo'yilgan.
Yig'in 28 mart kuniga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar