So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

O'zbekiston U-18 terma jamoasi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, bugun navbatdagi nazorat o'yini o'tkaziladi Yangiliklar

O'zbekiston U-18 terma jamoasi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, bugun navbatdagi nazorat o'yini o'tkaziladi

Teglar :  O'zbekiston U-18
O'zbekiston U-18 terma jamoasi "CHig'atoy" sport majmuasida yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik.

Yig'in ikki bosqichda o'tkazilib, unda 50 nafar futbolchi qatnashishi rejalashtirilgan. Yig'inning birinchi qismida terma jamoaga asosiy nomzod bo'lgan 25 nafar futbolchi sinovdan o'tkazildi. SHu bilan birga bir qator nazorat uchrashuvlari ham tashkil etildi. Jumladan, Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, "Lokomotiv" yoshlarini esa 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
 
Ayni paytda O'zbekiston U-18 terma jamoasi yig'inining ikkinchi qismi boshlandi. Bu yig'inga ham yana 25 nafar futbolchi taklif etilgan.
 
Otabek G'ulomxo'jaev mazkur yig'in davomida terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o'tkazib olmoqda.

"Yig'inni ikki qismga bo'lib o'tkazishdan asosiy maqsad iloji boricha ko'proq futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish. 25 nafardan iborat ikkita tarkib bir-biriga raqobat paydo qiladi. Hech qaysi futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnim kafolatlangan, degan xayolda xotirjam bo'lmaydi. Doimo o'z ustida ishlashi, mashg'ulotlarda astoyidil mehnat qilishi talab etiladi.
 
Hozirgi tarkib bilan ko'proq taktik mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Ular bilan qanday himoyalanish, himoyadan hujumga o'tish, standart vaziyatlarda jarima maydonchasi ichida qanday joylashish bo'yicha mashqlar olib boryapmiz. Futbolchilar bizning g'oyalarimizni tushunib, kundan kunga ko'rsatmalarimizni yaxshiroq bajarishyapti. Asosiy maqsadimiz faqat Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rish emas. Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish, keyin u erda muvaffaqiyatli qatnashib, Jahon chempionatida ishtirok etish shubhasiz bosh maqsadimiz. SHu bilan birga biz mazkur futbolchilarni bo'lajak milliy va Olimpiya terma jamoalariga tayyorlab borishni ham rejalashtirganmiz", - dedi O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev.
 
Bugun terma jamoa azolari "Nurafshon" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика