O'zbekiston U-18 terma jamoasi Belarus yoshlariga qarshi bahs yuritadi
18 may 2017 13:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/254075_original.jpg)
![](/upload/storage/254075_220.jpg)
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Belarus yoshlariga qarshi bahs yuritadi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyiligi ostidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi shu yilning 17 va 19 iyun kunlari Minsk shahrida Belarus yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Bo'lajak o'yinlar O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.
May oyi boshida O'zbekiston yoshlar termasi saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida Tbilisi shahrida Gruziya U-18 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazib, birida 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkinchisida 4:1 hisobida zafar quchgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar