So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

O'zbekiston U-18 futbolchisi Abdulloh Omonaliev: "Ortga sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

O'zbekiston U-18 futbolchisi Abdulloh Omonaliev: "Ortga sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz"

Xabaringiz bor, ayni paytda Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Tojikistonda CAFA turnirida ishtirok etmoqda

Vakillarimiz kuni kecha mezbonlar bilan kuch sinashishdi (1:1), oldinda esa ularni Afg'onistonga qarshi bahs kutmoqda. Mazkur o'yin oldidan terma jamoa futbolchisi Abdulloh Omonalievning fikrlari bilan qiziqdik. 


-  CAFA musobaqasi qanday taassurot qoldirmoqda?

- Turnir yaxshi o'tmoqda. Barcha sharoitlarni yaratib berishyapti, deya olaman. 3ta uchrashuv o'tkazdik, ertaga so'nggi o'yinimiz. G'alaba qozonib ortga sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz. 

- Tojikiston bilan so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Turli buyumlar otilganini futbolchilar qanday qabul qildi?

- Ochig'i bunday holat yuz berishini kutmagandik. Biz goldan so'ng hissiyotlarimizni yashira olmasdik. 

Abdulloh Omonaliev 2-raqam

- Uchrashuvlar qanday maydonlarda o'tmoqda?

- Maydonlar yaxshi, deb o'ylayman. Aslida CAFA turnirlari suniy maydonda o'tishi kerak edi. Bizni o'ylab tabiiy maydonga ko'chirishdi. Tashkilotchilarga buning uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

- Afg'oniston bilan uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketyapti? Raqibning darajasi futbolchilarning haddan ortiq xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmayaptimi?

- Tayyorgarlik alo darajada. Barcha jamoaga bir hilda munosabatda bo'lamiz. Bu hali boshlanishi. Oldinda bizni katta maqsadlarimiz kutyapti. SHu bois bo'shashmasligimiz zarur. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика