O'zbekiston U-17 termasi o'rtoqlik o'yinida marokashlik tengdoshlarini mag'lub etdi
08 sen 2023 23:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/762879_original.jpg)
![](/upload/storage/762879_220.jpg)
O'zbekiston U-17 termasi o'rtoqlik o'yinida marokashlik tengdoshlarini mag'lub etdi
CHilida bo'ladigan U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston termasi Turkiyada Marokash U-17 termasiga qarshi bahs olib bordi.
Unda vatandoshlarimizning kichik hisobdagi g'alabasi qayd etildi. Bahsdagi yagona gol zaxiradan maydonga tushgan Quvonchbek Abraev tomonidan kiritildi.
O'zbekiston U-17 - Marokash U-17 1:0
Gol: Quvonchbek Abraev
O'zbekiston termasining asosiy tarkibi shunday ko'rinish oldi: Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To'lqinbekov, Ozodbek O'ktamov, Lazizbek Mirzaev, Bexruz SHukrullaev, Amirbek Saidov, Bexruz Jumatov, SHodiyor SHodiboev, Ollobergan Karimov, SHerzod Abdulboriev, Dilshod Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar