O'zbekiston U-17 terma jamoasi Urugvay va Argentinaga qarshi o'ynaydi
10 fev 2023 09:28
Yangiliklar


O'zbekiston U-17 terma jamoasi Urugvay va Argentinaga qarshi o'ynaydi
Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi mart oyida Lotin Amerikasida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.
Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yig'in doirasida Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari Urugvay va Argentina o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
U-17 Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari
4 mart
Urugvay - O'zbekiston
6 mart
Urugvay - O'zbekiston
8 mart
Argentina - O'zbekiston
10 mart
Argentina - O'zbekiston
O’xshash yangiliklar

Fikrlar