So’nggi yangiliklar

00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  1 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  5 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  20 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  180 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0

O'zbekiston U-17 terma jamoasi SHotlandiya bilan durang o'ynadi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi SHotlandiya bilan durang o'ynadi

Xabaringiz bor, Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi terma jamoamiz xalqaro musobaqadagi o'zining birinchi o'yinini SHotlandiya U18 terma jamoasiga qarshi o'tkazdi.

O'yinning 32 daqiqasida SHotlandiya terma jamoasi futbolchisi Etan Jeyms hisobni ochdi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tib, darvozalar boshqa ishg'ol qilinmadi.

Ikkinchi bo'limni futbolchilarimiz to'liq ustunlik bilan boshlashdi. O'yinning 55-daqiqasiga kelib Otabek G'ulomxo'jaev bir yo'la 3 nafar futbolchini almashtirdi. SHundan so'ng hamyurtlarimizning xujumlari yanada keskinroq tus ola boshladi. 58 daqiqada o'zbekistonliklarning xavfli xujumini shotlandiyaliklar qoidani buzgan holatda to'xtatishga majbur bo'lishdi va hakam o'yinda penalti belgiladi. Penaltini aniq bajargan Jasur Jaloliddinov hisobni tenglashtirdi. O'yin oxiriga qadar ushbu hisob o'zgarmay qoldi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz keyingi o'yinni 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi o'tkazishsa, so'nggi o'yin 15 oktyabr kuni Franciyaga qarshi bo'lib o'tadi.

Xalqaro musobaqa
SHotlandiya – O'zbekiston 1:1
Gollar:
Etan Jeyms 32, 1:0, Jasur Jaloliddinov 58, 1:1.
O'zbekiston U-17: Abduvoxid Nematov, Ulug'bek Xoshimov, Xojimat Erkinov, Odil Abdumajidov, Bexzod SHamsiev, Sunnatillo Hamidjonov, Ibrohim Xalil Yo'ldoshev, Eldor Begimov,  Ibroxim Ibragimov, Jasur Jaloliddinov, Diyor Ramazonov.
SHotlandiya U-18: Ross Endryu Sinkleyr, Natan Patterson, Din Kempbell, Lyuk Robinson, Teylor Uilson, Mark Leonard, Etan Erxaxon, Entoni MakDonalds, Eidan Fitcpatrik, Jeymi Sempl, Etan Jeyms.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика