O'zbekiston U-16 o'smirlari bugun Malayziya U-19 yoshlariga qarshi o'ynaydi
26 avg 2014 10:12
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 o'smirlari bugun Malayziya U-19 yoshlariga qarshi o'ynaydi
Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi, bugun Malayziya U-19 yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan yig'in taqvimiga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi o'smirlar terma jamoasi bugun avvaldan rejalashtirilganidek Malayziya U-16 o'smirlari bilan emas, balki Malayziya U-19 yoshlari bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yin mahalliy vaqt bilan soat 16:45da boshlanishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi, kecha kunning ikkinchi yarmida bu erdagi ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi. 31 avgustgacha davom etadigan yig'in davomidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi esa, 28 avgust kuni Malayziya U-16 o'smirlariga qarshi o'tkaziladi.
Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun u erdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar