O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Kuala-Lumpur shahriga etib keldi
25 avg 2014 12:21
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Kuala-Lumpur shahriga etib keldi
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan so'nggi yig'inini o'tkazish uchun Malayziyaga etib keldi.
Terma jamoa delegaciyasi Kuala-Lumpurdagi Xilton mexmonhonasiga joylashdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida, mahalliy vaqt bilan 17:00da O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu erdagi ilk mashg'ulotlarini boshlaydi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Mochinov shogirdlari Kuala-Lumpurda 31 avgustgacha yig'in o'tkazishadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun u erdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar