So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

O'zbekiston U-16 o'smir qizlari Iroqni 4:0 hisobida mag'lub etishdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'smir qizlari Iroqni 4:0 hisobida mag'lub etishdi

O'zbekiston U-16 o'smir qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashi 4-turda Iroq terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Ayni kunlarda Osiyoning to'rtta davlatida U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlari davom etmoqda. Vetnam mamlakati mezbonlik qilayotgan saralashning "D" guruhi 4-turi doirasida Iroq o'smir qizlariga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston U-16 o'smir qizlari musobaqadagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritishdi va ochkolari sonini 7taga etkazib olishdi.

Eslatib o'tamiz, guruhdagi ilk uchrashuvda Vetnamga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'zbekistonlik o'smirlar 2-turda Falastin o'smirlari bilan durang o'ynashgan 1:1 va Gongkongni 2:0 hisobida mag'lub etishgandi.

O'zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasida OCH saralashi.

"D" guruhi, 4-tur.

1 sentyabr. Xanoi, Vetnam.

O'zbekiston U-16 – Iroq U-16 – 4:0.

Gollar
: SHahnoza Yusupova 6, 72, Anora Farmonova 47, Tojiniso Rashidova 57

O'zbekiston U-16: Zarina Saidova (Ekaterina Noskova, 77), Ozoda Xojieva, To'raeva Marjona, SHaxnoza Yusupova, Tojiniso Rashidova (SHahzoda Fozilova, 64), Albina Boboqulova, Anora Farmonova, Ilvina Kamalieva (Parvina SHomirzaeva, 46), Diyora Erkinova, Mehriyona Toirova, Madina Hikmatova.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика