O'zbekiston U-16 o'rtoqlik o'yinida Malayziya U-19 yoshlariga mag'lub bo'ldi
26 avg 2014 22:30
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 o'rtoqlik o'yinida Malayziya U-19 yoshlariga mag'lub bo'ldi
Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun Malayziya U-19 yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun yig'in davomidagi o'zining ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mochinov shogirdlari ushbu uchrashuvda Malayziya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi to'p surishdi va 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Malayziyalik yoshlar har ikki bo'limda ikkitadan to'p kiritib, yakunda g'alaba qozonishdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov shogirdlari yig'in davomidagi ikkinchi uchrashuvini 28 avgust kuni o'tkzadi. SHu kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga Malayziya U-16 o'smirlar terma jamoasi raqiblik qiladi.
Malayziyadagi yig'in 31 avgust kuni yakuniga etadi va terma jamoa Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun u erdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.

Fikrlar