So’nggi yangiliklar

11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  1 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  3 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  3 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  18 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  30 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  10 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0

O'zbekiston U-16 nazorat o'yinida Bunyodkor o'smirlarini mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 nazorat o'yinida Bunyodkor o'smirlarini mag'lub etdi

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 7 avgust kuni Toshkentning Bunyodkor klubining 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoasiga qarshi qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi
SHu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashatirilgan edi. Dastlab, Toshkentdagi JAR stadionida Mochinov shogirdlari yig'in davomidagi ilk nazorat o'yinida Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi maydonga tushishgan va Paxtakor yoshlariga 1:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

7 avgust kuni O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomidagi ikkinchi nazorat o'yinini Bunyodkor klubi akademiyasining U-16 o'smirlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Mochinov ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi va yakunda o'smirlar terma jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.

Nazorat uchrashuvi.
7 avgust. Bunyodkor akademiyasiga qarashli stadion.
O'zbekiston U-16 - Bunyodkor (U-16) - 3:0
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика