So’nggi yangiliklar

20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  0 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 20:00Суперлига. "Қўқон-1912" – "Машъал" 0:1 (матнли трансляция)  5 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  1 19:46Суперлига. "Бухоро" - "Андижон" (матнли трансляция)  1 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  10 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  25 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  12 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  8 16:55ОФК Осиё саралаш босқичи плей-оффининг мезбонларини маълум қилди  25 16:32ПСЖ президенти клуб мавсуми ҳақида ҳужжатли сериал чиқишини эълон қилди  0 16:04Ана холос! Неймар фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  7 15:36Гаттузо Италия терма жамоасида ишлашга яқин: У аллақачон Буффон билан учрашган  4 15:07Суперлига. 12-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Қизилқум" ва "Шўртан"да йўқотишлар бор  0

O'zbekiston U-14 chempionati. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng murabbiylar nima dedi? Yangiliklar

O'zbekiston U-14 chempionati. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng murabbiylar nima dedi?

Bugun Superliga va Pro liga klublarining U-14 jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor" akademiyasi yashil maydonlarida kechgan ilk uchrashuvda "Neftchi" va "Qo'qon-1912" U-14 jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli va yuqori tempda o'tgan bahsdan so'ng ikki jamoa murabbiylari fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Azamat Karimov ("Neftchi U-14" bosh murabbiyi) - Musobaqadagi ilk o'yinimizda bolalar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Buni natija ham aytib turibdi, 5:0 hisobida g'alaba qozondik. Tashkilotchilar tomonidan juda yaxshi turnir yo'lga qo'yilgan, deya olaman. Barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Tarkibimizda individual kuchli futbolchilar yig'ilgan. Klub rahbarlari ham yaxshi etibor qaratmoqda. Futbolchilarimizning kelajagi bor. Ularning ustida yanada ko'proq ishlaymiz.

Narimon Asanov ("Qo'qon-1912 U-14" bosh murabbiyi) - Bunday musobaqaning tashkil qilingani bolalarimiz uchun juda yaxshi bo'ldi. Ularning o'sishiga xizmat qiladi. Futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Mag'lubiyatga uchrasa ham muhimi o'zlariga kerakli xulosani chiqarishadi, deb o'ylayman. Yirik hisobli mag'lubiyat shogirdlarimning ruhiyatiga tasir qilmaydi. Futbolda kimdir yutadi yoki aksincha yutqazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика