So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamizmi? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamizmi?

Bugun tongda "championat.com"da faoliyat yurituvchi hamkasbimiz Oleg Lysenko tomonidan "Boleem za Uzbekistan" maqolasi chop etildi.
Etiboringizga bu maqolaning tarjimasini taqdim etamiz.


O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamizmi?

Avstraliyada boshlangan Osiyo Kubogida 2017 yilda bo'lib o'tadigan Konfederaciyalar Kubogining uchinchi ishtirokchisi aniqlanadi (1. Germaniya tj. 2. Rossiya tj.)


Joy

16-Osiyo Kubogi Avstraliyadagi - Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney shaharlarining stadionlarida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi bahs mamlakatning eng yirik shahri hisoblanmish - Sidneydagi ( 5 mln aholi) o'z bag'riga 84 ming muxlisni sig'dira oladigan stadionda bo'lib o'tadi. Bu yashil qitadagi birinchi turnir: Avstraliya 2006 yilgacha Okeaniya mintaqasida bo'lgan. Hozirgi Osiyo Kubogi - "sokkeruz" uchun bor-yo'g'i uchinchisidir. Ular 2007 yilda chorak finalgacha chiqqan, 2011 yilda esa vice-chempion nomiga sazovor bo'lishgan.

OFK 2007 yilda tajriba sifatida Osiyo Kubogini bir necha davlatda bo'lib o'tdi (Vetnam, Indoneziya, Malayziya va Tailand), ammo keyingi turnirda odatiy uslubga qaytildi.

Avstraliya Qatardan estafetani qabul qilib oldi.


Ishtirokchilar

Asosiy sovrin uchun kurashda 4 guruhga bo'lingan 16ta jamoa ishtirok etadi. Ularning besh nafari - "imtiyozlilar". Turnir mezbonidan tashqari Yaponiya, Janubiy Koreya (Osiyo Kubogi sovrindorlari) hamda KXDR va Falastin (2012 va 2014 yilgi chaqiruv Kubogi g'oliblari) terma jamoalari o'tish bosqichida ishtirok etmagan va musobaqni final bosqichiga yo'l olgan.


Formula

Turnirning final bosqichida to'rt guruhga bo'lingan holda 16ta jamoa ishtirok etadi. Xar bir kvartetdagi ikki terma jamoa chorak finalga yo'l oladi. Ikki tur natijasiga ko'ra ayni damda Avstraliya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA va Eron terma jamoalari keyingi bosqichda.


Biznikilar

Osiyo terma jamoalarining qaydnomasida Rossiya Premer-ligasining to'rt nafar futbolchisi joy olgan. Avstraliyadagi eng "ruslashgan" jamoa O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi. "Lokomtiv" himoyachisi Vitaliy Denisov va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov Osiyo Kubogida ikki turni asosiy tarkibda o'tkazdi. Nijniy Nogorod, Vladikavkaz, Orenburgda o'ynagan va hozirda Poltavaning "Vorskla"sida to'p tepayotgan Sanjar Tursunovni ham muxlislarimiz taniydi.




Avstraliya terma jamoasi safida esa "Torpedo"da harakat qiladigan Ivan Franich bor. Ivan ikki turda ham 90 daqiqa harakat qildi. "Rubin" futbolchisi Sardor Azmun bugungi uchrashuvda gol urdi, ammo jarohat oldi. 20 yoshli hujumchi Karlush Keyrushning ro'yxatida eng yosh futbolchi hisoblanadi.

Keysuke Xonda CSKA futbolchisi bo'lgan paytda Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan edi va bu safar bu nomni himoya qilishga urinib ko'radi.


Etakchilar

Bu turnirda Yaponiya barchadan ko'proq chempionlikka erishgan. Ular finalda biror marta mag'lub bo'lmagan. Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogida 4 marta zafar quchgan. Saudiya Arabistoni va Eronda 3tadan chempionlik bor. Janubiy Koreya bu turnirda eng ko'p medalga ega bo'lgan terma jamoa (2-3-4). Sobiq Sovet Ittifoqi respubliklaridan O'zbekiston eng yuqori natijaga erishgan (Osiyo Kubogi-2011da to'rtinchi o'rin).



Yangilar va eskilar

Qatarda bo'lib o'tgan avvalgi Osiyo Kubogida birorta ham yangi jamoa qatnashmagan. Avstraliyagacha birgina yangi jamoa etib keldi. Falastin terma jamoasi CHaqiruv Kubogida g'olib bo'lgani uchun bu turnirda birinchi marta ishtirok etyapti. FIFA reytingida 115-o'rinda borayotgan jamoaning Osiyo Kubogidagi debyuti omadsiz chiqdi, ular birinchi turda amaldagi chempiondan 4ta gol o'tkazib yubordi.

Musobaqada eng ko'p qatnashgan jamoalar Eron va Janubiy Koreya (12 martadan).



Auditoriya

Osiyo Kubogi-2015 o'yinlarini 80ga yaqin telekompaniyalar efirga uzatyapti. Musobaqaga 500 mingga yaqin ishqiboz tashrif buyurishi kutilmoqda, televizion auditoriya esa 800 mln muxlisni tashkil etadi.



Bonus

Musobaqa Osiyo Kubogi g'olibi nomidan tashqari, 2017 yilda bo'ladigan konfederaciyalar Kubogida (Rossiya) ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика