O'zbekiston terma jamoasining Yaman va Filippin bilan o'yinlari hakamlari malum
18 avg 2015 12:07
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasining Yaman va Filippin bilan o'yinlari hakamlari malum
3 sentyabr kuni Toshkentning "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan
O'zbekiston - Yaman uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi
boshqarib boradi. Uchrashuv bosh hakami - Li Min Xu bo'lsa, unga qanotlarda
CHoy Min Byong hamda Kim Yun Ga yordam berishadi. To'rtinchi hakam - CHorimurod
Qurbonov (Turkmaniston). Uchrashuv nazoratchisi Muhammad Hamad Alsovayl
(Saudiya Arabistoni). Komissar - Ahmad SHahir (Maldiv).
8 sentyabrda o'tkaziladigan Filippin - O'zbekiston uchrashuvida esa avstraliyalik hakamlar ishlaydi.
Bosh
hakam - Peter Grin, qanot hakamlari - Bred Hobson va Metyu CHiyzmen.
To'rtinchi hakam - Suayzi SHukri (Malayziya). O'yin nazoratchisi Antoniy Jon
D'Kosta (Hindiston). O'yin komissari - Salikin Sarkavi (Singapur).
Fikrlar