O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakuniga etdi
12 fev 2017 15:27
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakuniga etdi
10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
11 fevral kuni esa O'zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o'yinda terma jamoa bosh murabbiyi asosan yoshlarni sinovdan o'tkazdi.
Qayd etish joiz, oilaviy sabablarga ko'ra Ignatiy Nesterov Toshkentga qaytishga majbur bo'ldi. “Alashkert” bilan o'yinda esa “Metallurg” posboni Suhrob Sultonov terma jamoa darvozasini qo'riqladi.
Mazkur yig'in O'zbekiston terma jamoasi uchun JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Bundan avval terma jamoa 21–24 yanvar kunlari BAAda yig'in o'tkazgan edi.
Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O'zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.
Fikrlar