O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi saralashidagi asosiy raqibi Tailand o'rtoqlik o'yinida Turkmaniston ustidan minimal g'alabaga erishdi
27 may 2022 18:15
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi saralashidagi asosiy raqibi Tailand o'rtoqlik o'yinida Turkmaniston ustidan minimal g'alabaga erishdi
Zaxiradan maydonga tushgan Adisak Kraisorn so'nggi daqiqalarda to'p kiritib, Tailandga g'alaba taqdim etdi.
Tailand – Turkmaniston 1:0
"SHri Nakxon Lamduan" stadioni, Sisaket shahri
Gol: Adisak Kraisorn (Viratxep Pompxan) 88'
Tailand: 1.Kavin Tamchatchanan, 21.Pirapat Notechaiya, 13.Suphanan Burirat, 28.Jakkapan Praisuvan (29.CHalermsak Aukki, 46), 8.Titipan Puangchan (24.Vorachit Kanitsribampen, 67), 6.Sarach Yuyen (31.Picha Autra, 46), 14.Patxompol CHarenrattanapirom (17.Pakorn Prempak, 46), 11.Bodin Pxala (9.Adisak Kraisorn, 81), 22.CHaovat Virachart, 18.Viratxep Pompxan, 10.Terasil Dangda (30.CHayavat Srivong, 46)
Turkmaniston: 16.Batir Babaev, 3.Guyichimurat Annaguliev, 15.Abdi Bashimov (4.Mekan Saparov, 65), 23.Rovshengeldi Halmammedov (12.Berdimurat Rejebov, 65), 8.Ahmet Ataev, 14.Xoshgeldi Xojovov (6.Yilas Saparmammedov, 65), 9.Mirat Annaev, 21.Resul Xojaev (19.Begench Akmamedov, 79), 20.Bayov Begmirat (10.Elman Tagaev, 66), 7.Arslanmirat Amanov, 13.Mixail Titov (11.Selim Nurmuradov, 65)
Ogohlantirishlar: Arslanmirat Amanov (63), Ahmet Ataev (87), Adisak Kraisorn (89)
Malumot o'rnida, Tailand 31 may kuni Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Patum Tani shahrida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi saralash o'yinlari shu yilning 8-14 iyun kunlari bo'lib o'tadi. 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogining "S" guruhi saralash bosqichi uchrashuvlariga O'zbekiston (Namangan) mezbonlik qiladi. Quyida taqvim bilan tanishing:
8 iyun
O'zbekiston – SHri-Lanka
Tailand – Maldiv orollari
11 iyun
SHri-Lanka – Tailand
Maldiv orollari – O'zbekiston
14 iyun
O'zbekiston – Tailand
Maldiv orollari – SHri-Lanka
Malumot uchun, musobaqa final bosqichi 2023 yilning iyunida o'tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar