So’nggi yangiliklar

21:05"Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:2 (Матнли трансляция)  29 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:30Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  6 18:57Палмер – "Челси"даги дебют вақтидан бошлаб топ-5даги энг яхши ассистент. Унда 15та пас бор  1 17:50Конте Осимхен борасидаги хабарни тасдиқлади ва қаттиқ жавоб берди  13 17:21Футболчи "Челси" билан салкам 10 йиллик шартнома имзолашга рози бўлди  2 17:04Франция. "Монако" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибдами?  3 17:01Футзал бўйича ЖЧ иштирокчиси Ўзбекистонга етиб келди  2 16:47Бу даҳшат! "Наполи"нинг янги футболчисига тўппонча билан ҳамла қилишди  3 16:10"Ливерпуль" футболчиси Салоҳга катта баҳо берди  2 15:40Нико Уильямс нима сабабдан "Барселона"га ўтмаганини айтди  13 15:24"Юнайтед"нинг 60 млнлик футболчиси қайси рақамда ўйнаши аниқ бўлди  4

O'zbekiston terma jamoasida o'ynab ketgan yulduz haqida maqola Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasida o'ynab ketgan yulduz haqida maqola

O'zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2002 yil Janubiy Koreya va Yaponiyada o'tkazilgan jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgandi.

Maqsad naqadar jiddiyligi bois o'sha paytdagi federaciya rahbariyati chetdan murabbiy olib kelishga qaror qiladi. Oradan ko'p o'tmay rossiyalik mutaxassis Vladimir Salkov terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Salkovga vazifani bajarish uchun avvalo yaxshi futbolchilar kerak edi. Albatta, o'zimizda har doim mohir o'yinchilar etarli bo'lgan, biroq vazifani bajarishga kelganda ko'pincha oqsab qolganmiz. 

SHundan so'ng O'FF rahbariyati chetdan futbolchilarni taklif etib ularni “o'zbeklashtiradi”. Bular - Aleksey Polyakov, Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Dionisiev va Georgiy Georgiev. Bu futbolchilar orasida eng ko'p yodda qolgani Oleg Pashinin bilan Vladimir Maminov bo'lsa kerak. 

Biri markaziy himoyada, biri yarim himoyada ancha yaxshi o'yin ko'rsatgan. Biroq afsuski, yakunda baribir vazifa bajarilmadi: biz jahon chempionatiga chiqa olmaganmiz. O'shanda Bora Milutinovich boshchiligidagi Xitoy uloqni ilib ketgandi. BAA terma jamoasi ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olgan, biz esa uchinchi o'rinni egallab guruhda qolib ketgandik. 

SHunga qaramay Vladimir Maminov muxlislarda ijobiy taassurot qoldirdi. Uni haligacha shirin xotiralar bilan eslab turamiz. SHu bois quyida Maminov haqida to'xtalishni lozim topdik. 


"Lokomotiv"da 16 yil o'ynagan futbolchi 

Moskvaning “Lokomotiv” klubi har yili chempionlik uchun kurashadi. Bu jamoa har doim yaxshi tarkibga ega bo'lgan. O'z paytida “Loko”ni Vladimir Maminovsiz tasavvur qilib bo'lmasdi. Maminov Moskva “temiryo'lchilari” safida 16 yil faoliyat olib bordi, havas qilsa arzirli ko'rsatkich, shunday emasmi? U 16 yil ichida klub safida 400dan ziyod uchrashuvda maydonga tushdi. Undan ko'p o'yin o'tkazgan faqat bir futbolchi bor: Dmitriy Loskov. 

Loskov asosan himoyachilarni aldab o'tishi, nozik to'p uzatishlari, darvozaning “to'qqizlik” burchagiga to'pni "mixlab qo'yishi" hamda 100taga yaqin gol urgani bilan yodda qolgan. Maminov esa boshqacha edi. U raqibdan jimgina to'pni olib qo'yib qulay turgan sherigiga uzatishni lozim ko'rardi. Bir o'yinda to'pni olib qo'yib hujumni boshlash o'rtacha o'n marta kuzatilgan. Maminov ko'proq uzoqdan zarba berishni xush ko'rar, bazan jarima zarbalarini ham amalga oshirib turardi. Kamgap va kamtarin edi hamda ko'p intervyu bermasdi. 

Olti oylik jarohat 

Maminovga yaqin kishilarning aytishicha, u futboldan boshqa hech narsani o'ylamagan. 90-yillar boshida “Lokomotiv” o'rinbosarlarida o'ynab yurardi. Futboldan tashqari o'qishga ham katta ahamiyat berar, maktabda deyarli “uch” olmasdi. Maktabni tugatib bo'lajak yulduz birdaniga uchta oliygohga imtihon topshiradi: quruvchi-muhandislik, avtomobil yo'llari va transport instituti. Birinchi yil hammasidan yiqiladi va keyingi yil yana imtihon topshirib bir amallab o'qishga kiradi. 

Bu orada o'qish bilan birga futbol ham davom etardi. Maminov hamon o'rinbosarlar tarkibida o'ynar, bir kun kelib o'zining yulduzi porlashini kutardi. Faqat oradan ikki yil o'tib Yuriy Syomin uni asosiy tarkibda sinab ko'rdi. Afsuski, Maminovning “Loko” asosiy tarkibidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqmadi, u og'ir jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi. 

Oradan olti oy o'tib yana maydonga qaytgan Maminov jarohat olgan payti bunchalik tez qaytishiga ishonmaganini aytgandi. Jarohatdan sog'ayib yana asosiy tarkibda o'ynab ketish oson emasdi. Maminov o'rnini allaqachon boshqa futbolchilar egallagan, klub esa yuqori o'rinlar uchun kurashishda davom etardi.

 

Omadli yillar 

O'shanda ko'pchilik Maminov haqida salbiy fikrga bora boshlaydi. Emishki, mo'maygina pul evaziga zaxirada o'tirishga ham tayyor, axir boshqa klubda “Loko”dagidek katta pul to'lashmaydi-da. Bu gaplarni eslar ekan, hammasi ahmoqlik - deydi Maminov, - men hech qachon pulni birinchi o'ringa qo'ymaganman, faqat “Lokomotiv”da o'z paytim kelishini kutganman xolos. 

2001 yilga kelib Vladimir Maminov “temiryo'lchilar”ning haqiqiy etakchisiga aylandi. Uning ayniqsa Evropa chempionlar ligasida Belgiyaning “Anderlext” klubiga qarshi o'yindagi harakati, to'pni darvozaning “to'qqizligiga” joylab qo'yishi olqishlarga sazovor bo'ldi. Mavsum yakuniga etgach Maminov Rossiya chempionatining “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deb topildi. 

Yaxshi futbolchiga har doim talabgor chiqadi. Maminov o'zini ko'rsatayotgan mahal unga dastlab “Anderlext”, so'ng Italiyaning “Kevo” klubidan taklif tushadi. Lekin u hech qachon “Lokomotiv”dan ketishni istamagan. Qolaversa Yuriy Syomin uchun doim kerakli futbolchi bo'lgan. 2002/2003 yilgi mavsumda “Inter” 3:0 hisobida mag'lub etilgach, Mamiinovga yangi takliflar kela boshlaydi. Lekin futbolchi o'zi mehr bergan klubni tashlab keta olmaydi. 

2002 va 2004 yillarda Maminov “Loko” bilan Rossiya chempionligini qo'lga kiritadi. Uning uchun klubda hammasi joyida bo'lib, faqat terma jamoada o'ynamayotgani yurakka og'riq berardi. Lekin to'g'ri tushunish kerak, o'shanda Rossiya terma jamoasining markaziy yarim himoyasi juda kuchli bo'lib raqobatda engib chiqish oson emasdi.

 

O'zbekistondan chaqiruv 

Maminov klubda o'z payti kelishini kerak bo'lsa oylab kutardi, ammo terma jamoa kutmasdi. Vaqt esa ketayotgandi. SHunday kunlarning birida 2001 yil Maminovga O'zbekiston terma jamoasida o'zini sinab ko'rish taklifi tushadi. Natijada jamoadoshlari Oleg Pashinin va Aleksey Polyakov bilan quyoshli o'lkamiz tomon yo'l oladi. O'shanda Rossiya terma jamoasini “abadiy spartakchi” Oleg Romancev boshqarar, markazda ko'proq Smertin, Mostovoy, Titov, Alenichev, Xoxlov, Semak kabilarni afzal ko'rardi. Tabiiyki Romancev “lokochilar”ga ko'p etibor qaratmagan. 

“Men juda to'g'ri qaror qabul qilganman, - eslaydi Maminov. - Menda Rossiya terma jamoasida o'ynash imkoni deyarli yo'q edi. Yanvarda Vladimir Salkov O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, meni ham taklif etdi. Borish-bormaslik haqida bir oy o'yladim. Keyin terma jamoada o'ynamasam butun mur azob chekishimni o'ylab rozi bo'ldim. 

"Bahorda O'zbekiston pasportiga ega bo'ldim. O'shanda ilk o'yinimni Toshkentda Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazganman. “Paxtakor” stadioniga 40 ming ziyod muxlis kelgani va biz 7:0 hisobida g'alaba qozonganimiz hamon yodimda. Men ilgari bunchalik ko'p muxlis qarshisida umuman o'ynamagandim”. 

Ha, Maminov yodga olganidek juda ajoyib davrlar bo'lgan. Dastlabki uchrashuv, 7:0 hisobidagi g'alaba, to'rtinchi golni Maminovning o'zi yiqilayotib chalqancha uslubda darvoza to'riga joylab qo'yishi - terma jamoada o'ynashni istagan futbolchiga bundan ortiq yana nima kerak! 

O'ylaymizki, Maminov Rossiya terma jamoasida qachon payti kelishini kutmasdan to'g'ri qilgan. CHunki u o'shanda 27 yosh bo'lib, yana bir-ikki yil kutganida allaqachon “qariya”ga chiqarib qo'yishar, shu bilan terma jamoani ko'rmay o'tib ketgan bo'lardi. Maminov haqida uning yaqin do'sti Dmitriy Sennikov shunday eslaydi: “Volodya nihoyatda kamsuqum va oddiy yigit bo'lib, ko'p ham jamotchilik oldida ko'rinish berishni xohlamasdi. U bo'sh paytini oilasi bilan uyda o'tkazardi. Tashqariga ko'p chiqmasdi. Men uni do'stlari uchun yopiq odam edi deb ayta olmayman, biroq o'zi tanimagan kishilar hamda ayniqsa matbuot uchun yopiq edi. U deyarli intervyu bermasdi”. 


34 yoshida futbol bilan xayrlashgan 

2005 yildan keyin Maminov juda kam maydonga tusha boshladi. Lekin maydonga tushgan kezlari uni to'xtatib qolish qiyin edi: bir o'yinda o'rtacha 15 km. yugurib, bu borada hattoki “Milan” yarim himoyachisi Jennaro Gattuzoni ortda qoldirgandi. 2008 yil noyabrga kelib Maminov “Loko” safidagi 400-uchrashuvini o'tkazdi. Yubiley uchrashuv nihoyatda yodda qolarli bo'lib, jamoa muxlislari tribunada “16 mavsum biz bilan birga. Biz uchun faxrlanishsa arziydigan sabab bor” yozuvi tushirilgan bannerni ko'tarishadi. 

Maminov boshida nimalar bo'layotgani tushunmagan, chunki hech kim unga hozirgina 400-o'yinida maydonga tushganini aytmagandi. Faqat bahs nihoyasiga etganidan so'ng sheriklaridan nima bo'lyapti deb so'raydi, shunda futbolchilardan biri “Volodya, bugun “Lokomotiv” safida 400-o'yiningni o'tkazding” deydi. 2008 yil oxiriga kelib muxlislar “Loko” fan-klubi tomonidan o'ylab topilgan “Po'lat rels” sovrinini hech ikkilanmay Vladimir Maminovga taqdim etishadi. 

Bu sovrin jamoa ishqibozlari tomonidan o'ylab topilgan bo'lib, nafaqat eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchi, balki klub tarixini hurmat qilgan holda namuna va axloq jihatdan boshqalarga o'rnak bo'la olganlarga beriladi. Bunday sovringa Oleg Pashinin, Sergey Gurenko, Vladimir Maminov kabi futbolchilar loyiq ko'rilgan. 

Vladimir Maminov 34 yoshda futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ydi. Uni asosiy tarkib murabbiylar shtabiga ishga taklif etishdi va O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Yuriy Syomin, Yuriy Krasnojan kabi mutaxassislarga yordamchi bo'lib ishladi. 2011 yilning yozida vaqtincha bosh murabbiy sifatida ham ishlab ko'rdi. So'ngra ikki yil “Loko” yoshlar jamoasiga ustozlik qildi. 

Oradan ko'p o'tmay uni “Lokomotiv”ning yangi prezidenti Olga Smorodskaya ishdan ketkazdi. “Loko”dan tashqarida Maminovning ishlari deyarli yurishmadi. U oz muddat “Rubin”, “Ximki”, “Solyaris”, “Tyumen” klublarida ishlab ko'rdi, biroq hech qaysi jamoada bir yarim yildan ortiq qolmadi. Hozir esa o'z vaqtida nafaqat rus, balki o'zbekistonlik muxlislar mehrini qozongan sobiq yarim himoyachi ishsiz yuribdi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика