So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

O'zbekiston terma jamoasi yig'ini haqida (tahlil) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi yig'ini haqida (tahlil)

O'zbekiston terma jamoasining davom etayotgan mazkur yig'ini dastlabki tahliliy xulosalari bilan tanishtiramiz.

Mazkur yig'in Ektor Kuperning O'zbekiston terma jamoasi rulidagi oltinchisi sifatida qayd etilmoqda. Kuper dastlab o'tgan yili sentbyar, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida yig'in o'tkazgan. So'ngra terma jamoamiz qishda BAAda o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgandi.

Joriy yil esa mart oyida Xitoyda o'tkazilgan o'rtoqlik turniri Kuperning terma jamoamiz rulidagi beshinchi yig'iniga aylandi. Mazkur davom etayotgan yig'in esa hisob bo'yicha oltinchisi.

Davom etayotgan yig'in doirasida terma jamoamiz hozircha Turkiya va KXDRga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdi. Dastlab Turkiyadagi bahsda mag'lubiyat qayd etilgan bo'lsa, kecha Toshkentdagi o'yinda KXDR ustidan yaqqol ustunlik o'rnatildi. Etiborlisi, Kuper boshqaruvida o'tgan yili kuzda ham KXDR bilan o'ynagandik va Bikmaevning dubli evaziga g'alaba rasmiylashtirilgandi. Keyingi raqib esa Kuper uchun yana bir tanish jamoa - Suriya bo'ladi.

Argentinalik mutaxassis terma jamoamiz rulidagi ilk bahsini aynan Suriyaga qarshi o'tkazgan va unda durang kuzatilgandi. Qaysidir manoda bo'lajak bahsda Kuper mazkur raqib bilan o'zaro hisob-kitobini ham amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ektor Kuper Turkiya bilan o'tgan bahsda terma jamoamizning pozicion taraflama yaxshi himoyalanganini takidlab, shu jihat mutaxassisni quvontirgani va bazi futbolchilarning ishtirokidan mamnun bo'lganini yashirmadi.

KXDR bilan bahsda esa jamoadagi yangi nomlarning ilk uchrashuvi bo'lgani va umumiy baho berilganda, ular ham yaxshi taassurot qoldirganini takidlab, bahsdagi eng yoqimli nuqtani shu bilan izohladi.


Biz uchun esa eng yoqimli nuqtalar quyidagicha: stadiondagi ajoyib muhit, muxlislar mehri, Sergeevning golli qaytishi, hujumchilarimizdagi samaradorlik, ruhiyat yaxshi tomonga ko'tarilgani.


O'rtoqlik o'yinlaridagi natija hech qachon birlamchi bo'lmagan. Turkiyadan uchralgan mag'lubiyatdan fojia yasamaslik zarur bo'lsa, KXDR ustidan qozonilgan g'alaba esa havolanib ketish uchun asos emasligini unutmaslik lozim. Bu erda eng muhim nuqta - o'yin. O'yin sifati, hujum tashkil etish va pozicion to'g'ri himoyalanish.

Turkiya bilan bo'lgan bahsda o'tkazilgan gollar standart vaziyatlaridan keyin yuzaga keldi, to'g'ri. Pozicion taraflama esa ko'p ham xatolar ruy bermadi. Bu taraflama Kuper yaxshi nuqtani topgani mantiqan to'g'riroq. Lekin mazkur jiddiy jamoa qarshisida himoyadan hujumga o'tishdagi muammolardan tegishli xulosa chiqarish va buni yon daftarchaga alohida belgilab qo'yish muhim.

KXDRga qarshi o'yinda daraja o'rtasida farq evaziga biz ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Birinchi bo'limda standart vaziyatidan, ikkinchi taymda esa raqib futbolchilarining individual xatolari evaziga hujumlarimiz rivojlanib, keskinlashdi. Gollardan keyin esa ishonch ortgani va terma jamoamiz dadil o'ynaganini inkor etib bo'lmaydi. 

Birinchi gol standart vaziyati, yani penaltidan kiritildi. Ikkinchi gol qarshi hujum mevasi. Uchinchi gol esa raqib himoyachisi va darvozabon o'rtasidagi kelishmovchilik natijasida ruy bergan texnik xato ketidan ruy berdi. To'rtinchi gol ham standart vaziyatidan so'ng urildi.

SHuningdek, birinchi bo'limda KXDR jamoasining bazi hujumlari xavfli va keskin tus oldi. Ayniqsa raqibning chap, bizning o'ng qanot himoyamizda bo'shliqlar kuzatildi. Buni esa Kuper payqadi va tanaffusdan so'ng o'ng qanotda himoyaga moyilroq bo'lgan Davron Hoshimovni qo'ydi. Alijonov esa ko'proq hujumkor uslubga ko'nikkani va "Paxtakor"da bo'lgani kabi yuqori joylashib o'ynab, aksariyat vaziyatlarda oldinga intildi. Terma jamoadagi debyut bahs va uslublar qarama-qarshiligi tasiri, qo'shichasiga ilk o'yindagi bosim natijasida Alijonovning o'yini kutilganidek qovushmadi. 

Tanaffusdan so'ng KXDR hujumda butkul zararsizlantirildi, lekin pozicion tashkil etilgan hujumlarimiz ustida hali juda ko'p ishlanishi zarurligi shundoq ko'rindi.

To'g'ri, g'alaba, ayniqsa yirik hisobdagi yutuq doim yoqimli. Lekin Kuperning o'zi ham takidlaganidek, bu natija aldamchi. Yani murabbiyni aldab qo'ymasligi kerak. Kechagi g'alaba futbolchilarga o'zlariga bo'lgan ishonchni oshirib olish, ruhiyatni ko'tarish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Lekin bu o'yin va g'alabadan havolanib ketish yaramaydi.

Kuper mazkur yig'in doirasidagi hozircha o'tkazilgan ikkita bahsda yig'inga jalb etilgan jami 26 futbolchidan 22 nafarining xizmatidan foydalanishga ulgurdi. Ikkita o'yin uchun shunchaki ajoyib ko'rsatkich. Rotaciya nihoyat bir maromda kechmoqda. Bu yaxshi holat. Hozircha o'ynamagan futbolchilarga etibor qaratsak, Kuper uchun yaxshi va imkoniyatlarini biladigan chap qanot himoyachisi Zoteev, markaziy himoya vakili Islom To'xtaxo'jaev va darvozabonlar Botirali Ergashev hamda Javohir Ilyosov.

Ikkita bahsda ikkita darvozabon Suyunov va Quvvatovga imkon berildi. Bu borada ham Kuper rotaciyani maksimal amalga oshirdi. Kelgusi bahsda katta ehtimol Javohir Ilyosov maydonga tushirilishi mumkin. SHuningdek, Suriyaga qarshi bellashuvda hozircha o'ynamagan futbolchilar qatorida bo'lgan "Loko"ning ikki vakili To'xtaxo'jaev va Zoteev ham o'z imkoniyatlarini olishlari mumkin.

SHu tariqa Ektor Kuper terma jamoamiz rulidagi 14-uchrashuvida o'zining 6-g'alabasini tantana qildi. Etiborlisi, ushbu g'alabalarning ikkitasi aynan Toshkentda KXDR (2:0, 4:0) ustidan qo'lga kiritildi. SHuningdek, argentinalik mutaxassis qo'l ostida o'rtoqlik bellashuvida Qatar (2:0), o'rtoqlik turnirida Xitoy (1:0), Osiyo Kubogida esa Ummon (2:1) va Turkmaniston (4:0) terma jamoalarini mag'lub etishga erishdik.

Bo'lajak bahsda Suriya bilan o'yin mazkur yig'in doirasidagi yakuniy xulosalarni berishga bizga ko'maklashadi. Suriya Turkiyadan kuchsiz, KXDRdan esa kuchli bo'lgan raqib. Yani aynan mazkur o'yinda biz o'yinimiz oralig'idagi muvozanatni ko'rib olishimiz mumkin bo'ladi. Suriyaga qarshi bahs Kuperga kerakli nuqtani, to'g'ri balansni aniqlab olish va xolisona xulosaga chiqarishga yordam beradi.

Hozircha shu.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика