O'zbekiston terma jamoasi Turkiyada Afg'oniston bilan o'ynaydi
17 dek 2018 21:04
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Turkiyada Afg'oniston bilan o'ynaydi
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida yig'inni davom ettirmoqda.
29 dekabrga qadar davom etadigan ushbu yig'in doirasida terma jamoamiz Afg'oniston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda championat.asia Turkmaniston futbol Federaciyasi rasmiy saytiga tayanib xabar berdi. O'zbekiston - Afg'oniston uchrashuvi 28 dekabr kuni Antaliyada bo'lib o'tadi.
6 dekabr kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Ektor Kuper Turkiyadagi yig'inda bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz deb javob bergan edi.
Malumot uchun, ayni paytda ushbu shaharda Osiyo Kubogidagi raqibimiz Turkmaniston ham yig'in o'tkazmoqda. 25 dekabr kuni Afg'oniston Turkmaniston bilan ham o'ynaydi.
O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 95-o'rinda. Afg'oniston esa 147-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar