O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
28 avg 2019 20:51
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
JCH-2022 saralashi doirasidagi Falastin bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun milliy terma jamoamiz azolari poytaxtimizda yig'in boshlashdi. "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotda legionerlardan faqat Sanjar SHoahmedov qatnashdi. Qolgan legionerlar tez orada Toshkentga etib kelishadi. "Qizilqum" azosi Doston Ibragimov esa bugun Superliga 18-turidan o'rin olgan bahsda ishtirok etdi va ertaga yig'inga qo'shiladi.
Yig'inga chaqirilgan futbolchilar:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).
Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar SHoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), SHarof Muhitdinov ("Nasaf").
Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).













Foto: Tolibjon Qosimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar