So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  11 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

O'zbekiston terma jamoasi Tehronda ilk mashg'ulotini o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Tehronda ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o'rin olgan Eronga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun bugun, 10 iyun kuni ertalab Tehron shahriga etib bordi.

Samvel Babayan shogirdlari Tehronda ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Eronga qarshi bellashuvda ishtirok etish uchun 23 futbolchi Tehronga yo'l olgan. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya);

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).

Tailandga qarshi (2:0) o'rtoqlik o'yinida jarohat olgan Marat Bikmaev Tehron safarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. SHuningdek, milliy terma jamoa yig'iniga chaqirilgan Javohir Siddiqov, Islomjon Qobilov va Aziz G'aniev O'zbekiston U-22 termasi ixtiyoriga yuborildi. Ravshan Haydarov jamoasi 10–15 iyun kunlari Xitoyda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkao'ib, 13 iyun kuni Xitoy yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика