"O'zbekiston terma jamoasi o'yinida kamchiliklar bo'ldi" – Jahongir Ortiqxo'jaev
04 fev 15:56
Yangiliklar
"O'zbekiston terma jamoasi o'yinida kamchiliklar bo'ldi" – Jahongir Ortiqxo'jaev
Ortiqxo'jaevning so'zlariga ko'ra, nimchorak finalda Tailand o'zbekistonliklar kutmagan o'yinni ko'rsatgan.
"Biz kutmagan Tailand bo'lib chiqdi. Ular haqiqatdan jiddiy tayyorlangan. Avvalgi Tailand emas ular, futboli rivojlangan. Avstraliya bilan esa juda yaxshi o'yin bo'ldi. Lekin o'yinlarimizda kamchiliklar bor", – deydi u.
Tadbirkor ko'rsatilayotgan o'yinlarda "o'zbekona o'yin" borligini aytgan.
"Avvalgi o'yinlardan o'zgarish yo'q. To'g'ri, temp bor, yoshlar etishib chiqyapti. Lekin yangi o'yin stili yo'q. Niyat qilamiz, chempion bo'lishsin. Har doim niyatimizni yuqori qilamiz, lekin faktlar buni (qiynalishni – tahr.) ko'rsatib turibdi", – degan Ortiqxo'jaev.
Izoh: Podkast mualliflarining bildirishicha, suratga olish ishlari 2 fevral, yani O'zbekistonning Qatarga qarshi o'yinidan avval o'tkazilgan. SHu bois Jahongir Ortiqxo'jaevning fikrlari Qatar bilan o'yindan avvalgi fikrlar hisoblanadi.
Fikrlar