O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi yo'qotishga uchradimi?
14 jan 2024 21:13
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi yo'qotishga uchradimi?
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohat olgan bo'lishi mumkin.
O'ng qanot himoyachisi bugun O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlarida ko'rinish bermadi.
Qayd etish kerakki, futbolchi kecha Suriyaga qarshi bahsning birinchi taymidan so'ng zaxiraga olingandi va bunga uning jarohati sabab bo'lishi mumkin.
Bu malumot hali tasdiqlangani yo'q. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchiga sog'lik tilab qolamiz.
Fikrlar