

O'ng qanot himoyachisi bugun O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlarida ko'rinish bermadi.
Qayd etish kerakki, futbolchi kecha Suriyaga qarshi bahsning birinchi taymidan so'ng zaxiraga olingandi va bunga uning jarohati sabab bo'lishi mumkin.
Bu ma'lumot hali tasdiqlangani yo'q. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchiga sog'lik tilab qolamiz.



