O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi: "Yigitlar, quloqlarni yopamiz va boshni tik ko'taramiz!"
08 sen 2018 15:14
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi: "Yigitlar, quloqlarni yopamiz va boshni tik ko'taramiz!"
O'zbekiston terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Antonio Sarioglu o'zining "Instagram"dagi sahifasida quyidagicha izoh qoldirdi.
O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotidan suratni joylagan mutaxassisni quyidagi fikrlarni yozgan: "Suriyaga qarshi o'yin natija uchun emas, balki qilingan mehnatlar samarasini ko'rib olish uchun bo'ldi. Yaxshi va juda qattiq ishladik. Endi quloqlarni yopamiz va boshni tik ko'targan holda Eronga qarshi bahsga taraddud ko'ramiz".
Ektor Kuper murabbiylar shtabidan o'rin olgan Antonio Sarioglu terma jamoamizda futbolchilarning jismoniy holatiga javobgar mutaxassis sanaladi.
Fikrlar