O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi
14 iyu 2019 16:26
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi
Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor.
Unda ishtirok etayotgan Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak finalga yo'l olgan edi.
CHorak finalda hamyurtlarimizga Belgiya terma jamoasi raqiblik qildi. Murosasiz ruhda kechgan bellashuvda omad raqiblarga kulib boqdi va yakunda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Takidlash joiz, o'tgan yili O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada o'tgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar