So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Toshkent klublari "sovchi" qo'ygan Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Toshkent klublari "sovchi" qo'ygan

O'zbekiston terma jamoasi va Qatarning "As Sayliya" klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovga bir qator jamoalar xaridor.

Qatar Superligasida faoliyat yuritgan Temurxo'ja Abduxoliqovning "As Sayliya" bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Ayni paytda ushbu hujumchiga xorijdan va Toshkent jamoalari, xususan "Paxtakor", "Lokomotiv" hamda AGMK klubidan qiziqish mavjud.

Bu haqda saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov malum qildi.

Temurxo'ja Abduxoliqovga mazkur jamoalardan takliflar tushmoqda.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" agarda Nivaldoga chiqish eshiklarini ochadigan bo'lsa, unda Abduxoliqovni yana "temiryo'lchi"ga aylantirishi mumkin. Ayni paytda "Loko"ning braziliyalik hujumchisi Nivaldoning ijara muddati tugagan. Nivaldoning jamoadan ketish ehtimoli yuqori. Agarda Nivaldo jamoadan ketadigan bo'lsa, unda "Loko" tabiiyki Temurxo'ja Abduxoliqovni ortga qaytarishga urinib ko'radi.

SHuningdek, Temurxo'ja Abduxoliqovni yana bir sobiq klubi "Paxtakor" ham terma jamoamiz forvardiga taklif bilan chiqqan. Ammo hozircha muzokaralar to'la yakunlanmagan. "Paxtakor" Dragan CHeran bilan kelishuvga erishgach, endi Abduxoliqov variantiga yana to'xtaladimi yoki yo'q, bu hozircha nomalum. Ammo Dragan CHeranni hujumchi ortida harakat qilishini inobatga olinsa, "sherlar" ham Abduxoliqov nomzodidan butunlay voz kechmasliklari mumkin.

Temurxo'ja Abduxoliqovga transfer bozori paytida tarkibini keskin kuchaytirmoqchi bo'layotgan AGMK ham xaridor. Ashurmatov AGMKda Temurxo'ja Abduxoliqovni ko'rmoqchi. Tomonlarning o'zaro muzokarasi davom etmoqda.

Temurxo'ja Abduxoliqov esa xorijdan tushayotgan qiziqishlarni o'rganib chiqqandan keyin Toshkent klublaridan bo'layotgan takliflarni o'ylab ko'rmoqchi. Abduxoliqov oldida bir qator variantlar mavjud. Ammo hujumchi hozircha yakuniy qarorga kelgani yo'q.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика